“Toshkenttumangaz” servis xodimi Nanila Farm kompaniyasining qarzdorligini yopib berish uchun 700 dollar va 300 ming so‘m olayotganida qo‘lga olindi. Voqea ortidan mazkur gaz ta’minoti bo‘limi boshlig‘i ishdan olindi. “Hududgazta’minot” aholini ogohlantirib, tizim avtomatlashtirilgani sababli gaz xodimlari qarzdorlikni yopib bera olmasligini ma’lum qildi.
Toshkent tumanida “Toshkenttumangaz” servis xizmati xodimi Doniyor Hamidov 700 dollar va 300 ming so‘m pora olayotganda huquq-tartibot idoralari tomonidan qo‘lga olindi. Bu haqda “Hududgazta’minot” AJ matbuot xizmati xabar bermoqda.
Ma’lum qilinishicha, 2022 yilning iyul oyida “Nanila Farm” MCHJ rahbari D.Hamidovdan yangi gaz hisoblash uskunasini o‘rnatishda ko‘mak berishini va 13 mln so‘m miqdoridagi qarzdorlikni yopib berishini so‘ragan.
MCHJ rahbari bundan avvalroq “Toshkenttumangaz” boshlig‘i Ilhom Yoqubovga yordam so‘rab murojaat qilgani, ammo undan rad javobini olgani aytilmoqda.
D.Hamidov esa tadbirkorning takroriy qo‘ng‘iroq va iltimoslaridan so‘ng masalani hal qilishda ko‘maklashishga qaror qiladi va mukofot sifatida 8 mln so‘m so‘raydi. Tuman oshxonalaridan birida kelishilgan summani olayotgan vaqtda, u huquq-tartibot idoralari tomonidan qo‘lga olingan.
Vaziyatni o‘rganish davomida aniqlanishicha, “Nanila Farm” MCHJ tabiiy gazdan qarzdorligi uchun gaz ta’minoti tarmog‘idan uzib qo‘yilgan. Bugungi kunda, o‘ziga yuklatilgan vazifaga lozim darajada yondashmagani va beparvo munosabatda bo‘lgani uchun “Toshkenttumangaz” boshlig‘i Ilhom Yoqubov bilan mehnat shartnomasi bekor qilingan. Servis xizmati xodimi Doniyor Hamidovga nisbatan o‘rnatilgan tartibda jinoiy ish qo‘zg‘atilgan bo‘lib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
“Hududgaztaminot” gaz ta’minoti xodimlari tomonidan noqonuniy xatti-harakatlar sodir etilgan taqdirda zudlik bilan 1104 qisqa raqamiga murojaat qilishni yoki Facebook'dagi “Gaz ta’minotidagi muammolar va ularni hal etish yo‘llari” guruhiga xabar yuborishni so‘ramoqda.
Kompaniyaning qayd etishicha, bugungi kunda tizimda zamonaviy axborot texnologiyalari joriy etilgan bo‘lib, bunda inson omilining ta’sir doirasi mavjud emas.
“Xodimlar tabiiy gaz hisobining avtomatlashtirilgan tizimiga kirish, shuningdek gaz iste’moli hajmlari ko‘rsatkichlarini kamaytirish imkoniyatiga ega emas. Shu bois har qanday noqonuniy kelishishlar befoyda va mantiqsizdir”, deyiladi bayonotda.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)
Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!
Global Wealth Databook ва Bloomberg томонидан дунёда аҳолисининг катта қисми миллионерлардан иборат бўлган давлатлар рўйхати эълон қилинди. Ўзбекистон бу рўйхатга киритилмади.
Ўзбекистонлик аралаш яккакураш устаси Саидёқуб Қаҳрамонов таэквондо WT бўйича Ўзбекистон терма жамоаси аъзоси, икки карра Олимпия ўйинлари ғолиби Улуғбек Рашитов ҳақида фикр билдирди.
Сиёсатчи таъкидлашича, агар бу ракеталар Россияга ҳужум қилиш учун ишлатилса, Москва буни Германиянинг уруш ҳаракатларида бевосита иштироки деб баҳолайди
Бу ҳақда Трамп NBC News телеканалига берган интервьюсида маълум қилган ва АҚШ, НАТО ҳамда Украина ўртасидаги янги ҳарбий ёрдам келишувининг тафсилотлари билан ўртоқлашган.
АҚШнинг президенти Дональд Трамп 2024 йилдаги ҳомийлар йиғилишида сўзлаб, Россия президенти Владимир Путинни Украинага ҳужум қилмаслик учун Москвага бомба ташлаш билан таҳдид қилганини маълум қилди.
БМТнинг Аҳолишунослик жамғармаси (ЮНФПА) маълум қилишича, Ғаза секторида тахминан 50 минг ҳомиладор ва эмизикли аёл бир неча кундан бери овқатга етиб бормай, жуда оғир шароитда яшамоқда.
Россия президенти Владимир Путин Роман Старовойтни транспорт вазири лавозимидан озод қилгач, у ўз жонига қасд қилгани ҳақида хабарлар тарқалди. Фожиага нима сабаб бўлган?
Исроил томонидан қўзғатилган гуманитар инқироз, Ғазога нисбатан кучайтирилган блокада ва инсонпарвар ёрдамларнинг киришини тўсиш билан янада оғирлашмоқда.
Техасда кучли ёмғир ва Гвадалупе дарёсининг тошиб кетиши оқибатида юзага келган сув тошқини оқибатида камида 104 киши ҳалок бўлди. Бу ҳақда The New York Times нашри хабар берди.
Исроил армиясининг қамал остидаги Ғазо секторига қилган навбатдаги тонгги ҳаво ҳужумлари натижасида камида 10 фаластинлик ҳалок бўлди. Марҳумлар орасида бир чақалоқ ҳам бор. Яна кўплаб инсонлар жароҳат олди.
Давлат нефть корпорацияси Бадаловнинг “тўсатдан ўлими”га бағишланган пресс-релизда унинг раҳбарлигида “қисқа вақт ичида кенг кўламли илм-фанни талаб қилувчи лойиҳалар амалга оширилганини” таъкидлади