Toshkent shahri va viloyatidagi 3 ta AGTKSh 34 mlrd 640 mln so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalanganligi aniqlandi

Toshkent shahri va viloyatidagi 3 ta AGTKSh 34 mlrd 640 mln so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalanganligi aniqlandi

«O‘zenergoinspeksiya» axborot xizmati ma’lum qilishicha, joriy yil 1 dekabr kuni inspeksiya tomonidan Toshkent shahar prokuraturasi bilan hamkorlikda Toshkent shahri va Toshkent viloyatidagi avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor shoxobchalari (AGTKSh)da o‘tkazilgan nazorat tadbirlarida tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish holatlari aniqlandi. Xususan:

Toshkent shahrinig Bektemir tumanida joylashgan «T.V.G» MCHJ, Toshkent viloyatining Yuqori Chirchiq tumanida joylashgan «O.E.G.» MCHJ va «P.O.» MCHJlarga qarashli AGTKShlar tomonidan gazning haqiqiy sarfini kamaytirib ko‘rsatish maqsadida hisobga olish priborini ulash tartibi hamda sxemalari o‘zgartirilganiligi ma’lum bo‘ldi.

Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, mazkur 3 ta shoxobcha tomonidan davlat manfaatlariga jami 34 mlrd 640 mln so‘mlik zarar yetkazilganligi aniqlandi.

Qoidabuzar iste’molchilarga nisbatan belgilangan tartibda chora ko‘rish uchun tegishli hujjatlar huquqni muhofaza etuvchi organlarga taqdim qilindi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!