Toshkent−Qarshi yo‘nalishida qo‘shimcha poyezdlar harakati yo‘lga qo‘yilmoqda

Toshkent−Qarshi yo‘nalishida qo‘shimcha poyezdlar harakati yo‘lga qo‘yilmoqda

Toshkent−Qarshi−Toshkent yo‘nalishida qo‘shimcha yo‘lovchi poyezdlar harakati yo‘lga qo‘yilmoqda. Bu haqda "O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi" axborot xizmati xabar qilmoqda.

Qatnovlar 2023 yilning 1 iyundan haftaning har payshanba kuni amalga oshiriladi.

Poyezd quyidagi jadval asosida harakatlanadi:

• 16-sonli "Toshkent−Qarshi" yo‘nalishi: Toshkent 09:03 — Qarshi 14:24;

• 15-sonli "Qarshi−Toshkent" yo‘nalishi: Qarshi 16:10 — Toshkent 22:25;

Qo‘shimcha ma’lumotni Toshkent shahridagi 1005 qisqa telefon raqami, joylardagi temir yo‘l chiptaxonalari hamda ma’lumotlar byurosidan bilib olish mumkin.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!