Toshkent markazidagi muz saroyi tez orada foydalanishga topshiriladi

Toshkent markazidagi muz saroyi tez orada foydalanishga topshiriladi

Toshkentdagi muz saroyining qurilishi yakuniga yetay deb qoldi. Bosh vazir o‘rinbosari Aziz Abduhakimovning Telegram kanalida berilgan ushbu suratlar bundan dalolat bermoqda.

Tez orada muz ustida uchish mumkin bo‘ladi , deyiladi suratlarga bildirilgan izohda.

Toshkent markazida, Beshyog‘och dahasi yaqinida Humo Arena ko‘p tarmoqli muz saroyini qurish ishlari reja bo‘yicha 2018 yilning 31 dekabrigacha yakunlanib, foydalanishga topshirilishi kerak edi.

Majmuada o‘lchamlari 60x30 metr bo‘lgan ikkita - asosiy va mashq muz arenalari rejalashtirilgan bo‘lib, bino umumiy maydoni 74 ming kvadrat metrni tashkil qiladi, bino to‘rt qavatdan iborat, balandligi esa 36 metrni tashkil etadi.

Muz saroyi 12,5 ming o‘tirish joylariga ega va konsert zali sifatida o‘n ming, sport musobaqalar o‘tkazish zali sifatida esa 14 ming tomoshabinga mo‘ljallangan. Asosiy binoda 300 o‘rinlik mashq arenasi ham loyihalashtirilgan.

Manba: uza.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!