Toshkent hayvonot bog‘iga panteralar olib kelindi

Toshkent hayvonot bog‘iga panteralar olib kelindi

Toshkent hayvonot bog‘iga to‘rt yoshli «Tayfun» va urg‘ochi «Bagira» Wildlife care boshqaruv kompaniyasi yordamida olib kelindi.

«Ayni paytda biz ularni har xil volyerlarga joylashtirdik, volyerlar to‘sinlar va yog‘och taxtalar bilan jihozlangan, u yerga tuproq sifatida qum yoyilgan. Ichki qism somon bilan izolyasiya qilingan, jonivorlarning o‘yinlari uchun yirik qushlarning patlari to‘ldirilgan to‘p va o‘yinchoqlar mavjud. Panteralar ularni juda yaxshi ko‘radilar», — deyiladi xabarda.

Ma’lum qilinishicha, «Tayfun» va «Bagira» menyusi ularning yirtqich tabiatiga to‘liq mos keladi — mol go‘shti, haftada bir marta — quyonlar, shuningdek, sut va tuxum.

Panteralarning terisi tim qora rangga ega — diqqat bilan qaralsa, unda dog‘larni ko‘rish mumkin. Xulq-atvor nuqtai nazaridan, panterlar, kichikroq bo‘lishiga qaramay, yo‘lbarslar va sherlarga qaraganda xavfliroqdir, chunki ular ancha faol va harakatchan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!