Toshkent aeroportida uchib ketayotgan yo‘lovchilar uchun kutish hududi kengaytirildi

Toshkent aeroportida uchib ketayotgan yo‘lovchilar uchun kutish hududi kengaytirildi

Toshkent xalqaro aeroporti uchish zalining “steril” hududi yana 2 ming kvadrat metrga kengaytirildi.

Uzbekistan Airports matbuoit xizmatining ma’lum qilishicha, yangi maydon kutish zalining chap tomonida, Art bazar savdo nuqtalaridan keyin ochildi.

Loyihaga ko‘ra, ushbu zalda o‘rindiqlar bilan jihozlangan keng kutish hududi hamda fud-kort tashkil etish ko‘zda tutilgan. Ayni paytda E-auksion.uz platformasidagi savdolar natijalariga ko‘ra ikkita kompaniya bilan shartnomalar tuzilgan.

Toshkent aeroportida uchib ketayotgan yo‘lovchilar uchun kutish hududi kengaytirildi

Qayd etilishicha, qo‘shimcha zalning qurilishi umumiy jo‘nash zalini B5-B6-B7 chiqish yo‘laklari bilan ulash imkonini berdi. Bundan tashqari, kelajakda kelayotgan va ketayotgan yo‘lovchilar oqimini ajratib turuvchi alohida galereya va pastki zaldan bortga chiqish yo‘laklarini ochish mumkin bo‘ladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!