Toqayev: Qozog‘iston DXR va LXRni tan olmaydi

Toqayev: Qozog‘iston DXR va LXRni tan olmaydi

Sankt-Peterburg xalqaro iqtisodiy forumi chog‘ida Margarita Simonyan Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart Toqayevga Donbass respublikalarini alohida mamlakat sifatida tan olish imkoniyatlari haqida so‘radi.

"Xalqlarning o‘z taqdirini o‘zi belgilash huquqi ro‘yobga chiqsa, yer yuzida 193 ta davlat o‘rniga 500-600 dan ortiq davlat paydo bo‘ladi. Bu esa tartibsizlikka olib keladi. Shu sababdan biz na Tayvanni, na Kosovo, na Janubiy Osetiya yoki Abxaziyani tan olmaymiz. Xuddi shu tamoyil Donesk va Lugansk kabi kvazi-davlat hududlarga nisbatan ham qo‘llaniladi", — deya javob berdi Tokayev unga.

Toqayev, shuningdek, Qozog‘iston Ukrainaning YEIga qabul qilinishiga qarshi emasligini bildirdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!