"Tolibon" tomonida jang qilgan o‘zbek qo‘mondoni va yuzlab o‘zbeklar hibsga olindi

"Tolibon" tomonida jang qilgan o‘zbek qo‘mondoni va yuzlab o‘zbeklar hibsga olindi

"Tolibon" obro‘li mahalliy qo‘mondonni hibsga olganidan keyin Faryob aholisi ko‘chaga chiqdi.

Viloyatning sobiq gubernatori Nakibulla Faiqning ma’lum qilishicha, kecha Mozori Sharifda "Tolibon" mudofaa vaziri o‘rinbosari, afg‘on o‘zbeklari jamiyatining ko‘zga ko‘ringan vakili Maxdum Alam hibsga olingan. Faiqning so‘zlariga ko‘ra, Alam «Tolibonning Faryobdagi birinchi odami» bo‘lgan va Faryob, Sari Pul va Juzjon viloyatlarida jangarilar operasiyalariga qo‘mondonlik qilgan – uning nomi "Tolibon" harakatining mintaqadagi muvaffaqiyati bilan bog‘liq. Hozir uning o‘zi va "Tolibon" tarafida jang qilgan yuzlab o‘zbeklar toliblar tomonidan panjara ortiga tashlangan.

Buni Aamaj News manbalari tasdiqladi. Endi Faryob viloyati markazi Meymenda harbiy holat joriy etildi - Maxdum Alam tarafdorlari ko‘chaga chiqdi. Barcha do‘konlar yopiq. Namoyishchilar lager tashkil qilishdi - ular Alam ozod qilinmaguncha tarqalishmoqchi emas. Pushtun jangarilarining qurol-yarog‘idan mahrum qilingani haqida xabarlar bor.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!