Tojikistonlik taniqli xonanda tug‘ilgan kuniga hamkasblarini taklif qilgani uchun 529 dollar jarima to‘laydi

Tojikistonlik taniqli xonanda tug‘ilgan kuniga hamkasblarini taklif qilgani uchun 529 dollar jarima to‘laydi

Tojikistonlik taniqli xonanda Feruza Hafizova tug‘ilgan kuniga bir nechta hamkasblarini taklif qilgani uchun sud tomonidan besh ming somoniy (529 dollar) jarimaga tortildi, deb xabar berdi ASIA-Plus .

Xonanda Marosim, to‘y va tadbirlar o‘tkazishni tartibga solish to‘g‘risida gi qonunning 8-moddasini buzganlikda ayblangan.

Ushbu moddaga ko‘ra Tojikiston fuqarolari tug‘ilgan kunini faqat oila a’zolari davrasida, hamkasblari va xonandalarni taklif qilmasdan o‘tkazishi kerakligi belgilangan.

Xonandaning Instagram sahifasiga joylangan tug‘ilgan kun videosi sud tomonidan dalil sifatida foydalanilgan.

Tojikistonning Marosim, to‘y va tadbirlar o‘tkazishni tartibga solish to‘g‘risida gi qonuni 2007 yil 8 iyun kuni qabul qilingan, 2017 yilning avgust oyida esa u yanada qat’iylashtirilgan.

Tojikiston hukumati ushbu qonun bilan dabdali to‘ylar va dafn marosimlaridagi ortiqcha xarajatlarga barham bermoqchi edi. Qonun tug‘ilgan kunlarni faqat oila a’zolari davrasida nishonlashni ko‘zda tutadi.

2017 yilning avgustida Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon qonunni yanada qat’iylashtiradigan me’yorni kiritdi. Unga ko‘ra, qonun talablarini hukumat a’zolari va ularning farzandlari buzgan taqdirda mansabdorlar o‘z lavozimidan ozod etilishi belgilangan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!