Tojikistonda sodir bo‘lgan yer silkinishi Surxondaryoning bir nechta hududlarida sezildi
Tojikistonda sodir bo‘lgan yer silkinishi Surxondaryoning bir nechta hududlarida sezildi.
Bugun, 10 iyun kuni Toshkent vaqti bilan 08:14 da (10.06.2024 yil, Grinvich bo‘yicha 03:14 da) Tojikistonda zilzila sodir bo‘ldi. Bu haqda FVV Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi xabar qildi.
Zilzila koordinatalari: 37,81 gradus shimoliy kenglik; 68,13 gradus sharqiy uzunlik. Magnituda M=4,9. Chuqurlik 120 km.
Ma’lum qilinishicha, zilzila episentri Toshkentdan 395 km janubiy-g‘arbda.
O‘zbekiston hududida sezilish kuchi:
Sho‘rchi tumanida 2 ball, 28 km.
Uzun tumanida 2 ball, 39 km.
Qumqo‘rg‘on tumanida 2 ball, 49 km.
Oltinsoy tumanida 2 ball, 54 km.
Denov tumanida 2 ball, 63 km.
Jarqo‘rg‘on tumanida 2 ball, 68 km.
Bandixon tumanida 2 ball, 69 km.
Qiziriq tumanida 2 ball, 81 km.
Termiz tumanida 2 ball, 83 km.
Boysun tumanida 2 ball, 90 km.
Angor tumanida 2 ball, 91 km.
Termiz shahrida 2 ball, 100 km.