Mintaqadagi siyosiy va xavfsizlik bilan bog‘liq tarang vaziyatga qaramay, Eron terma jamoasi 2026 yilgi Jahon chempionatida qatnashish niyatida. Bu haqda Osiyo Futbol Konfederasiyasi (OFK) bosh kotibi Vindzor Jon ma’lum qildi.
Shubhalar va Atlantadagi yig‘ilish
Eronning Shimoliy Amerikadagi mundialda ishtirok etishi borasidagi savollar jamoaning Atlantada o‘tgan FIFAning majburiy rejalashtirish yig‘ilishida qatnashmaganidan so‘ng paydo bo‘lgan edi. Eron rasmiylari o‘z fuqarolarining AQSH, Kanada va Meksika mezbonlik qiladigan turnirga safar qilishidan tiyilishi mumkinligini bildirgandi. Biroq Vindzor Jonning ta’kidlashicha, Eron futbol federasiyasi OFKga musobaqada qatnashish niyati borligini rasman tasdiqlagan.
Trampning ogohlantirishi va Eronning javobi
Vaziyat AQSh prezidenti Donald Trampning eronlik futbolchilar xavfsizligi borasidagi chiqishidan so‘ng yanada murakkablashdi. Bunga javoban Eron milliy jamoasi ochiq bayonot bilan chiqib, ularning ishtirokini to‘sishga hech kimning haqqi yo‘qligini ma’lum qildi. Eron tomoni FIFAni xavfsizlik masalalariga jiddiy e’tibor qaratishga va mezbon davlatlar barcha ishtirokchilar himoyasini kafolatlashi shartligini bildirdi.
"Vaziyat nihoyatda hissiyotli, biroq biz olgan so‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Eron Jahon chempionatiga borishga tayyorgarlik ko‘rmoqda", — deydi Vindzor Jon.
Raqiblar kim?
Dunyo reytingida 20-o‘rinni egallab turgan Eron terma jamoasi kengaytirilgan turnirning guruh bosqichida Yangi Zelandiya, Belgiya va Misr bilan kuch sinashishi lozim.
Eslatib o‘tamiz, Eron terma jamoasi 48 ta jamoa ishtirok etadigan JCH-2026 yo‘llanmasini allaqachon qo‘lga kiritib bo‘lgan.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)
Эрон Олий Миллий Хавфсизлик Кенгаши котиби Али Ларижоний АҚШ ва Исроил ҳужуми бошланганидан бери ҳеч бир мусулмон давлати Эронга ёрдам бермаганини айтди.
Ижтимоий тармоқларда тарқалган маълумотларга, шунингдек, мамлакат ичидаги исмини ошкор қилишни истамаган манбалар Тожикистон Республикаси Президенти Имомали Раҳмоннинг вафотини тасдиқлади.
Аёл Туркия фуқароси бўлган шахс билан шаръий никоҳ асосида турмуш қурган, бироқ ушбу никоҳ расмий тартибда қайд этилмаган. Никоҳ маросими Наманган вилоятининг Чуст туманида ўтказилган.
Буюк Британиянинг Ўзбекистондаги собиқ элчиси Крейг Мюррейнинг айтишича, АҚШ ва Исроилнинг Эронга қарши ҳарбий операцияси тўлиқ муваффақиятсизликка учраган.
Буюк Британия бош вазири Кир Стармер Politico нашрига берган интервьюсида Эрон томонидан тўсиб қўйилган Ҳўрмуз бўғозини очиш осон бўлмаслигини маълум қилди.
Ҳозирда унга нисбатан Жиноят Кодексининг 168-моддаси 3-қисми “в” банди ва 28,211-моддаси 1-қисми билан жиноят иши қўзғатилиб, тергов ҳаракатлари олиб борилмоқда.
Трамп яна бир бор Зеленскийдан Украинадаги урушни тугатиш учун келишувга боришни талаб қилди. АҚШ президентининг айтишича, Путин келишувга тайёр, аммо Зеленский рад этмоқда ва бу Трампни ҳайратга солмоқда.