Tojikistonda koronavirus bilan kasallanishlar soni 3,5 mingdan oshdi

Tojikistonda koronavirus bilan kasallanishlar soni 3,5 mingdan oshdi

Payshanba kuni Tojikistonda koronavirus aniqlangan holatlar soni 3563 ga yetdi, deya xabar beradi Sog‘liqni saqlash va ijtimoiy himoya vazirligi matbuot xizmati.

"Tojikistonda payshanba kuni kechqurun koronavirus bilan kasallanganlar soni 139 kishiga ko‘payib, 3563 kishiga yetdi", - dedi agentlik manbasi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, so‘nggi 24 soat ichida 99 kishi COVID-19 dan davolangan, vafot etganlar soni o‘zgarishsiz qolgan - 47 kishi.

Sog‘liqni saqlash vazirligining qayd etishicha, mamlakatda 2322 kishi shifokorlar nazorati ostida.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!