Tojikistonda dahshatli jinoyat: 8 yoshli qizni zo‘rlashdi va...
6 iyul kuni Tojikiston IIV Jinoyat qidiruv boshqarmasi xodimlari 4 iyul kuni o‘z uyi yonida g‘oyib bo‘lgan 8 yoshli Rufeyda Inoyatovani o‘ldirishda asosiy gumonlanuvchini aniqladilar va hibsga oldilar.
Bu rasman e’lon qilinmagan, ammo o‘ldirilgan qizning xolasi Saida Inoyatova o‘zining Facebookdagi postida qo‘shnisi Rahmatullo Rufeydani o‘ldirishda gumon qilinib hibsga olinganini yozgan.
Postda yozilishicha, 4 iyul kuni Rahmatullo ismli kishi qizni o‘z xonadoniga aldab, u yerda unga nisbatan zo‘ravonlik qilgan va jasadni parchalab tashlagan, keyin ularni turli xil sumkalarga solib, hojatxonaga uloqtirgan.
Saida Inoyatovaning yozishicha, onasi unga ushbu dahshatli jinoyat izlarini yashirishda yordam bergan, u kvartirada va kiraverishda qonning barcha izlarini yuvgan.
Bir necha kun oldin, qiz yo‘qolganidan so‘ng, Rufeydaning yo‘qolishi haqidagi xabarlar ijtimoiy tarmoqlarda tarqaldi va ko‘ngillilar yo‘qolganlarni qidirish uchun guruhlar tashkil etishdi.
