Tojikiston salkam 362 ming tonna neft mahsulotlarini import qildi

Tojikiston salkam 362 ming tonna neft mahsulotlarini import qildi

2018 yilning 9 oyi mobaynida Tojikiston umumiy qiymati 252,8 mln dollarga teng salkam 362 ming tonna neft mahsulotlarini import qildi. Bir tonna neft mahsulotining o‘rtacha narxi 698 dollarni tashkil etgan. Bu haqda Ca-news nashri xabar beradi.

Tojikistonga neft mahsulotlarining asosiy qismini Qozog‘iston, Rossiya va Turkmaniston eksport qilgan.

Shuningdek, joriy yilning 10 oyida mamlakat qiymati 147,7 mln dollarga teng 316,5 ming tonna suyultirilgan gaz import qilgan. O‘tgan yilning ayni shu davrida mamlakat qiymati 135,4 mln dollarga teng 297,6 ming tonna suyultirilgan gaz import qilgandi. Suyultirilgan gaz Tojikistonga asosan Qozog‘iston tomonidan eksport qilinadi.

Tojikiston Iqtisodiyotni rivojlantirish va savdo vazirligining ma’lumotlariga ko‘ra, hozirda mamlakatda salkam 60 foiz avtomobil transportlari yoqilg‘i sifatida suyultirilgan gazdan foydalanishmoqda.

Ma’lumot o‘rnida: 2018 yilning o‘tgan 10 oyi yakunlari bo‘yicha O‘zbekiston o‘tgan yilning ayni shu davriga nisbatan tabiiy gaz eksportini 58 foizga oshirgan. Yil boshidan buyon tabiiy gaz eksporti hajmi 1,8 mlrd dollarni tashkil etgan.

 

Manba: turon24.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!