Tojik-qirg‘iz chegarasida mojaro: Qirg‘iziston fuqarolari tojikistonlik haydovchini toshbo‘ron qildi

Tojik-qirg‘iz chegarasida mojaro: Qirg‘iziston fuqarolari tojikistonlik haydovchini toshbo‘ron qildi

Tojik-qirg‘iz chegarasida navbatdagi mojaro yuzaga keldi.

Isfara shahar hokimligi matbuot kotibi Zubaydullo Shomadov Qirg‘iziston Respublikasi fuqarolari Chorkuhda «KamAZ» rusumli avtomashina haydovchisiga hujum qilganini ma’lum qildi.

«Yuk mashinasi shu mahallada yashovchiga tegishli. Mashina bilan Voruxga oziq-ovqat tashigan. 20 yanvar kuni qirg‘izlar yo‘lni to‘sib, tosh otishni boshlagan. Haydovchiga ham hujum qilishgan», - deya tushuntirdi u.

Haydovchi jiddiy jarohat olmagan.

Shomadovning so‘zlariga ko‘ra, 21 yanvar kuni Isfaraning chegaradosh mahallalari mutasaddilari Botken tumani hokimiyati vakillari bilan uchrashib, voqeani muhokama qiladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!