Tog‘larning vazifasini bilasizmi?

A A A
Tog‘larning vazifasini bilasizmi?

Tog‘lar – tabiatdagi eng go‘zal narsalardan biridir. Olimlar yaqin-yaqingacha tog‘larning vazifasi nima ekanini bilishmas edi. Ilm-fan rivojlanib, taraqqiy etganidan so‘ng tog‘larning bir qancha vazifalari borligini kashf etdilar. Qur’oni Karimda tog‘larning vazifalari ochiq-oydin aytib qo‘yilgan.

Tog‘lar o‘zining shakli va yer ostiga chuqur kirib borgani sababli yer qatlamlari surilib ketishining oldini olib, qoziq sifatida ularni ushlab turadi. Yerning ustki plitalari kesishgan joyda tog‘lar mavjud bo‘lib, ikki plita birlashtirilib, ustiga tog‘lar mix kabi qoqib qo‘yilgan.

Alloh taolo Qur’oni Karimda shunday degan:

أَلَمْ نَجْعَلِ الْأَرْضَ مِهَاداً وَالْجِبَالَ أَوْتَاداً

“Erni to‘shab qo‘ymadikmi? Va tog‘larni qoziq (qilib qo‘ymadikmi?)” (Naba surasi, 6-7-oyatlar).

Tog‘lar bulutlarning shakllanishiga, shamollarning to‘silishiga o‘z hissasini qo‘shadi.

Qur’oni Karimdagi mana bu oyatga diqqat bilan nazar solaylik:

خَلَقَ السَّمَاوَاتِ بِغَيْرِ عَمَدٍ تَرَوْنَهَا وَأَلْقَى فِي الْأَرْضِ رَوَاسِيَ أَن تَمِيدَ بِكُمْ وَبَثَّ فِيهَا مِن كُلِّ دَابَّةٍ وَأَنزَلْنَا مِنَ السَّمَاءِ مَاءً فَأَنبَتْنَا فِيهَا مِن كُلِّ زَوْجٍ كَرِيمٍ

“U, siz ko‘rib turganingizdek, osmonlarni ustunsiz yaratgan, sizlarni tebratmasligi uchun yer yuziga og‘ir tog‘larni tashlagan va (er)da har turli jonivorlarni taratib qo‘ygan zotdir. Va osmondan suv tushirib, u bilan un(er yuzi)da turli go‘zal va foydali juftlarni o‘stirib qo‘ydik”. (Oyatda “o‘simliklarni o‘stirib qo‘ydik”, deyilmasdan, “karamli (go‘zal va foydali) juftlarni o‘stirib qo‘ydik”, deb aytilmoqda. Bu yerda, avvalo, o‘simliklardagi go‘zallik va foydaga ishora qilinyapti, qolaversa, ular juft bo‘lishi ham bildirib qo‘yilyapti. Allohning kitobida o‘n besh asr ilgari zikr etilgan bu haqiqatga ilm yaqindagina yetdi. Har bir o‘simlikda erkak va urg‘ochi xo‘jayralar bo‘lib, ular bir-biri bilan chatishgandagina meva hosil bo‘lishi endi tushunib yetildi. O‘simliklarni bunday qilib yaratishga faqat Alloh qodirdir.) (Luqmon surasi, 10-oyat).

Tog‘lar suvlarning toza, pok holda saqlanishiga ham katta hissa qo‘shadi.

Alloh taolo Qur’oni Karimda shunday degan:

وَجَعَلْنَا فِيهَا رَوَاسِيَ شَامِخَاتٍ وَأَسْقَيْنَاكُم مَّاء فُرَاتاً

“Va Biz unda yukasak tog‘lar qildik va sizlarni zilol suv bilan sug‘ordik” (Mursalot surasi, 27-oyat).

Tog‘lar o‘z ustida katta miqdordagi chuchuk suv zaxirasini qor va muz ko‘rinishida saqlaydi.

Alloh taolo Qur’oni Karimda shunday degan:

 وَهُوَ الَّذِي مَدَّ الأَرْضَ وَجَعَلَ فِيهَا رَوَاسِيَ وَأَنْهَاراً

“U yerni cho‘zib, unda baland tog‘lar va anhorlar qilgan” (Ra’d surasi, 3-oyat).

Bizga ma’lumki, dunyodagi barcha ummonlar va dengizlarning suvlari sho‘r bo‘lib, to‘g‘ridan-to‘g‘ri ichishga yaroqsizdir. Insoniyat faqat daryo suvlarini ichadi. Oyatdagi “anhaaro” so‘zi o‘zbekchaga tarjima qilinganda “daryolar” degan ma’noni ifoda qiladi. Ushbu oyatda tog‘lardan daryolar oqib tushishiga va ular ichishga yaroqli ekaniga ishora qilinmoqda.

Tog‘lar bir necha ming yillar davomida insoniyat uchun boshpana vazifasini ham o‘tagan. Odamlar tog‘lardagi g‘orlarda yashab, vahshiy hayvonlar, sovuq havo va boshqa xatarlardan saqlanishgan.

Alloh taolo Qur’oni Karimda shunday degan:

وَجَعَلَ لَكُم مِّنَ الْجِبَالِ أَكْنَاناً

“Va sizga tog‘lardan boshpanalar... qilib qo‘ydi” (Nahl surasi, 81-oyat).

Tog‘lar o‘zidagi suv zaxirasi va o‘ziga xos landshafti tufayli yer yuzidagi o‘simlik dunyosining muvozanatini bir maromda saqlashga hissa qo‘shadi.  

Alloh taolo Qur’oni Karimda shunday degan:

  وَالأَرْضَ مَدَدْنَاهَا وَأَلْقَيْنَا فِيهَا رَوَاسِيَ وَأَنبَتْنَا فِيهَا مِن كُلِّ شَيْءٍ مَّوْزُونٍ

“Biz yerni yoyib, ustiga baland tog‘larni tashlab qo‘ydik va unda o‘lchangan turli narsalarni o‘stirib qo‘ydik” (Hijr surasi, 19-oyat).

Tog‘lar yerning barqarorligiga, silkinib ketmasligiga hissa qo‘shadi. Ular o‘ziga xos shakli tufayli vodiylarning vujudga kelishiga ham sabab bo‘ladi. Ma’lumki, vodiylar daryolar oqadigan joylarda vujudga keladi. Tog‘lar esa daryolarning paydo bo‘lishiga, tog‘ yon bag‘irlariga, pstliklarga qarab oqishiga sabab bo‘ladi.

Alloh taolo Qur’oni Karimda shunday degan:

وَأَلْقَى فِي الأَرْضِ رَوَاسِيَ أَن تَمِيدَ بِكُمْ وَأَنْهَاراً وَسُبُلاً لَّعَلَّكُمْ تَهْتَدُونَ

“U zot yer sizlarni tebratib yubormasligi uchun uning ustiga baland tog‘larni tashlab qo‘ydi. Anhorlaru yo‘llarni ham. Shoyadki, to‘g‘ri yo‘l topsangiz” (Nahl surasi, 15-oyat).

Agar tog‘lar bo‘lmaganda, tekis yo‘llarning vujudga kelishiga imkon bo‘lmasdi. Yuz millionlab yillar davomida Yer yuzi relyefi shakllanishi tarixini o‘qigan kishi tog‘lar, daralar, yo‘llar paydo bo‘lishiga sabab bo‘lgan tektonik siljishlar hamda plitalar to‘qnashuvi naqadar ahamiyatga ega ekanini anglab yetadi. Ana shunday hodisalar natijasida tog‘lar orasida tekis yo‘llar, daralar yuzaga kelib, odamlar o‘sha yo‘llardan ming yillardan beri qiyinchiliksiz yurib o‘tadilar.

Alloh taolo Qur’oni Karimda shunday degan:

وَجَعَلْنَا فِي الْأَرْضِ رَوَاسِيَ أَن تَمِيدَ بِهِمْ وَجَعَلْنَا فِيهَا فِجَاجاً سُبُلاً لَعَلَّهُمْ يَهْتَدُونَ

“Biz yerda ularni tebranmasliklari uchun tog‘lar qildik va shoyadki to‘g‘ri yo‘l topsalar, deb unda daralar, yo‘llar qildik” (Anbiyo surasi, 31-oyat).

Tog‘larning rangi haqida ham tafakkur qilgan odam ularning turli ranglarda ekanini fahmlaydi. Ha, tog‘lar xilma-xil rangda bo‘lib, ba’zilari qizil-qo‘ng‘ir, ba’zilari qora, ayrimlari esa oq rangda bo‘ladi.

Alloh taolo Qur’oni Karimda shunday degan:

أَلَمْ تَرَ أَنَّ اللَّهَ أَنزَلَ مِنَ السَّمَاءِ مَاءً فَأَخْرَجْنَا بِهِ ثَمَرَاتٍ مُّخْتَلِفاً أَلْوَانُهَا وَمِنَ الْجِبَالِ جُدَدٌ بِيضٌ وَحُمْرٌ مُّخْتَلِفٌ أَلْوَانُهَا وَغَرَابِيبُ سُودٌ

“Allohning osmondan suv tushirganini ko‘rmadingmi? Bas, u ila turli ranglardagi mevalarni va tog‘lardan ham yo‘l-yo‘l, oq hamda qizilning turli ranglarini va qop-qoralarini chiqardik” (Fotir surasi, 27-oyat).

Bundan tashqari tog‘lar atrofning go‘zalligiga go‘zallik qo‘shadi. Ular o‘z ko‘rinishi bilan Buyuk Yaratuvchining azamatiga dalolat qiladi.

Ha, azizlar! Alloh taolo tog‘larni Yerning barqarorligi, unda hayotning tinch, go‘zal davom etishi, o‘simliklarning muvozanati, ichimlik suvining pok holda saqlanishi, insoniyat va barcha jonzotlar qulay sharoitlarda yashashi uchun yaratib qo‘ygan. Bu haqiqat quyidagi oyatlarda aniq bayon etilgan:

 وَالْأَرْضَ بَعْدَ ذَلِكَ دَحَاهَا أَخْرَجَ مِنْهَا مَاءهَا وَمَرْعَاهَا وَالْجِبَالَ أَرْسَاهَا مَتَاعاً لَّكُمْ وَلِأَنْعَامِكُمْ

“Va undan so‘ng yerni tuxum shaklida qildi. Undan suvni, o‘t-o‘lanlarni chiqardi. Va tog‘larni sobit qildi. Sizlarga va chorvalaringizga manfaat bo‘lsin uchun” (Naziat surasi, 30-33-oyatlar).

Insoniyat tog‘larning vazifasi, tuzilishi, ularda chuchuk suvning to‘planishi, o‘simliklarning muvozanatiga sabab bo‘lishi haqida bilishi u yoqda tursin, tog‘lar o‘zi nimaligi haqida aniq tasavvurga ega bo‘lmagan bir paytda Qur’oni Karimda tog‘larning vazifalari haqida ochiq-oydin aytib qo‘yilgani Qur’on Alloh taoloning Kalomi ekaniga va Muhammad sollallohu alayhi vasallam Uning haq rasuli va nabiysi ekanliklariga katta dalildir!

Manba: muslim.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

Mashhur aktyor o‘z kvartirasidan o‘lik holda topildi

Унинг энг эсда қоларли ролларидан бири Жим Керри ва Кэмерон Диаз билан бирга суратга тушган "Ниқоб" фильмидаги гангстер Дориан Тирелл роли эди.

FIFA Argentina terma jamoasini 2026 yilgi jahon chempionatidan chetlashtirishi mumkin

Бу ҳақда La Nacion газетаси хабар бермоқда.

O‘zbekistonning "JCH–2026" guruh bosqichidagi raqibi o‘zgarishi mumkin

ФИФА 2026 йилги Жаҳон чемпионати саралаш босқичида Конго терма жамоаси сафида майдонга тушган айрим футболчиларнинг ўйнаш ҳуқуқини текширмоқда.

Ming afsus! AQShdagi otishmada o‘zbek talaba halok bo‘ldi

Бу ҳақда Ташқи ишлар вазирлиги расмий вакили маълум қилиб, марҳумнинг оила аъзолари ва яқинларига чуқур ҳамдардлик билдирган.

Qarshida saunada faoliyat yuritgan fohishaxona aniqlandi

Махсус тадбир пайтида у порaнинг бир қисми ва ашёвий далиллар билан ушланган.

O‘zbekistonlik futbolchi faoliyatini Yevropa klubida davom ettirishga yaqin

Абдуғани Камолов Қирғизистоннинг “Бишкек Сити” клубини тарк этиб, Косово чемпионати вакили билан шартнома имзолаши кутилмоқда. Бу ҳақда Asia-Sport.uz телеграм канали хабар берди.

DIQQAT! «Damas» va «Labo» haydovchilari ogoh bo‘ling!

Унга кўра, ўтказилган текширувлар натижасида мазкур маҳсулотларнинг сифати амалдаги стандарт талабларига жавоб бермаслиги аниқланган.

FIFA JCH-2026 qur’asi yuzasidan O‘zbekistonga murojaat qildi

ФИФА матбуот хизмати 2026 йилги жаҳон чемпионати қуръаси натижаларидан кейин Инстаграм орқали Ўзбекистон терма жамоасига мурожаат қилди.

Messi Bollivud yulduzi Shohrux Xon bilan uchrashdi (foto)

Аргентина терма жамоаси ва "Интер Майами" юлдузи Лионель Месси Ҳиндистонга 3 кунлик ташриф билан келди.

"Neftchi" bomba transferlar tayyorlamoqda

Суперлиганинг амалдаги чемпиони "Нефтчи" келаси мавсумда ҳам ўз олдига юқори мақсадлар қўймоқда.

2026 yilda oylik, stipendiya, pensiya va nafaqalar oshiriladi

Пенсия тўловларига 86,1 трлн сўм, нафақаларга 14 трлн сўмдан ортиқ маблағ ажратилиши кутилмоқда.

O‘zbekiston bo‘ylab sovuq antisiklon va inversiya uzoqroq davom etadi

Мамлакат ҳудудида кузатилаётган совуқ антициклон таъсири 5 декабрга қадар сақланиб туриши кутилмоқда. Демак, 5 декабрь кунига қадар ёмғирдан дарак йўқ.

Temur Kapadze Indoneziya terma jamoasida qancha maosh oladi?

Ўзбекистон миллий терма жамоаси собиқ бош мураббийи Темур Кападзе Индонезия термасида иш бошлашга яқин турибди.

Fabio Kannavaro Italiya U-17 - O‘zbekiston U-17 o‘yiniga munosabat bildirdi

Ўзбекистон миллий терма жамоаси бош мураббийи Фабио Каннаваро бугунги Ўзбекистон U-17 - Италия U-17 ўйини олдидан ўз Instagram саҳифасига пост жойлади.

O‘zbekistonliklar va turkmanistonliklarning qarshiligiga qaramay Rog‘un GES qurilishi davom etadi

Жаҳон банки шикоятни рад этишни ички қоидаларга асослаган

"2022 yilda urushni biz boshlaganimiz yo‘q; aslida bu urushni G‘arbning o‘zi boshlagan"

Киев режими дунёдаги энг йирик ҳарбий-сиёсий блок салоҳиятига эга

Qobiljonni kim o‘ldirdi? Rossiyada sodir etilgan mudhish qotillikning asl aybdori aytildi

16 декабр куни Тожикистон фуқароси, 10 ёшли Қобилжон Алиевнинг Москва вилоятидаги мактабда 9-синф ўқувчиси Тимофей К. томонидан пичоқлаб ўлдирилгани Россияда миллатчилик кайфияти тобора кучайиб бораётганини тасдиқлагандек бўлди.

Yurtimizda adolat peshvolari pora bilan qo‘lga tushdi

Ҳозирда учала адвокатга нисбатан Жиноят Кодексининг 168-моддаси 3-қисми “в” банди ва 28,211-моддаси 1-қисми билан жиноят ишлари қўзғатилиб, тергов ҳаракатлари олиб борилмоқда.

Ukrainaga zudlik bilan juda katta pul kerak

Украина жиддий молиявий қийинчиликларга дуч келмоқда ва яқин йилларда кенг кўламли ташқи ёрдамга муҳтож, деб ёзади AP.

Vladimir Putin ikki bolaning yangi yil orzusini ro‘yobga chiqardi

Владимир Путин билан навбатдаги жонли мулоқот 19 декабрь куни бўлиб ўтади.

AQSh Tayvanga 10 mlrd dollardan ortiq qiymatda qurol sotishini e’lon qildi

АҚШ маъмурияти Тайванга умумий қиймати 10 миллиард доллардан ошадиган йирик қурол-яроғ пакети сотилишини маълум қилди.

Kirkukda toshqin sabab 300 oila uy-joyini tark etdi

Ироқнинг Киркук шаҳрида 9 декабрь куни ёққан кучли ёмғирлар оқибатида юзага келган тошқин сабаб 300 оила ўз уй-жойини ташлаб чиқишга мажбур бўлди.

Isroil Suriyadagi okkupasiyaga qaramay Damashq bilan kelishuv istagini bildirdi

Исроил Сурия ҳудудининг бир қисмини оккупация қилиб турганига қарамасдан, Дамашқ ҳукумати билан хавфсизлик масалалари бўйича келишувга эришишга интилаётганини билдирди.

«Yaqin Sharqqa so‘nggi 3000 yil ichida ilk bor tinchlik olib keldim» – Tramp

АҚШ президенти Дональд Трамп миллатга қилган навбатдаги мурожаатида ўз маъмурияти фаолиятини юқори баҳолаб, мамлакатдаги мавжуд муаммолар учун собиқ президент Жо Байден бошчилигидаги демократларни айблади. Тахминан 20 дақиқа давом этган чиқишида у иқтисод, хавфсизлик, миграция ва ташқи сиёсат масалаларига тўхталиб ўтди.

AQSh Suriya va Falastinni viza taqiqlari ro‘yxatidan qo‘shdi

АҚШ президенти Дональд Трамп Белый уйда Ханука байрами муносабати билан ўтказилган қабулда Исроилни тўлиқ қўллаб-қувватлашини билдирди.

Dunyo bo‘ylab migrasiya tarixiy cho‘qqiga chiqdi

Иқтисодий тенгсизлик, можаролар, иқлим инқирози ва мажбурий кўчиришлар сабабли дунё замонавий тарихда энг юқори миграция даражасига эришди.

BMTda Falastin vakili: Isroil xalqaro rezolyusiyalarni buzmoqda

Фаластиннинг БМТ доимий вакили Рияд Мансур Исроилнинг Ғазага ҳужум қилишини ва халқаро резолюцияларни бузишини танқид қилди.

Evropa qo‘shinlari Ukrainada Rossiya armiyasi o‘t ochishni to‘xtatish shartlarini buzsa, kuch ishlatishi mumkin — Mers

Германия канцлери Фридрих Мерцнинг айтишича, АҚШ ва Европа Украина учун муҳокама қилаётган хавфсизлик кафолатлари айрим ҳолатларда тинчликпарвар кучлар Россия томонидан қилинган ҳужумларни қайтариши мумкинлигини назарда тутади.

Isroil G‘azoga 200 ming tonnadan ortiq bomba tashlagan — Rajab Toyyib Erdo‘g‘an

Яқинда Қора денгизда амалга оширилган ҳужумлар Қора денгизда кемалар қатнови хавфсизлигига жиддий таҳдид солмоқда. Тижорат ва фуқаролик кемаларига қилинган ҳужумлар ҳеч кимга фойда келтирмайди. Бу масала бўйича ҳар икки томонга ўз огоҳлантиришларимизни аниқ етказдик.

Tehronda turar-joy binosi qulab tushdi, odamlar vayronalar ostida qolib ketdi

Теҳроннинг Яфтобод туманида уч қаватли турар-жой биноси қулаб тушди.

Firibgarligi uchun qidiruvda bo‘lgan shaxs Istanbuldan tutib keltirildi

2023 йилдан буён Юнусобод тумани ИИО ФМБ томонидан қидирувга эълон қилинган фуқаронинг Туркия Республикаси Истанбул шаҳрида яшириниб юргани аниқланиб, ўтказилган тезкор тадбирлар давомида қўлга олинди ва Ўзбекистонга қайтарилди.

Afg‘onistondan olib kelingan giyohvandlik vositasi to‘xtatib qolindi

Афғонистондан контрабанда қилиниб, Бухоро шаҳри ҳудудига яшириб кетилган соф вазни 4 кг 715 г бўлган «опий» моддасини хуфия жойдан олган икки шахс қўлга олинди.

Namanganda 23 nafar bolaga noqonuniy diniy ta’lim bergan erkak ushlandi

У диний билимларни ижтимоий тармоқлардаги номаълум манбалардан мустақил ўрганган бўлиб, расмий диний маълумотга эга бўлмаган.

Bekobodda piyodani urib yuborib kanalga tashlagan IIB xodimiga xotini ham yordam bergan

Бекобод шаҳар ИИБ катта тезкор вакили мast ҳолда Nexia’да пиёдани уриб кетиб, жабрланувчига ёрдам кўрсатмаган.

«Qirg‘iziston aeroportlari» beshta xizmatdan chiqqan samolyotni auksionga qo‘ydi

Айни пайтда ушбу самолётлар «Манас» халқаро аэропорти ҳудудида жойлашган.

Kuchli yomg‘ir G‘azodagi “Al-Shifo” shifoxonasi va ko‘chirilganlar chodirlarini suv ostida qoldirdi

Табиий офат натижасида юзлаб чодирлар вайрон бўлган.

Zelenskiy Berlindagi muzokaralardan so‘ng “tinchlik rejasi” bo‘yicha keyingi qadamlarni ochiqladi

Бу учрашув келаси ҳафтанинг охирига қадар бўлиши мумкин.

Ukraina aholisining ko‘pchiligi Donbassni Rossiyaga berishni istamaydi hamda Zelenskiyga ishonadi — Kiyev xalqaro sosiologiya instituti

Институт томонидан ўтказилган сўровнома иштирокчиларининг 72 фоизи қуйидаги шартларни ўз ичига олган тинчлик режасига рози бўлиши мумкинлигини билдирган: урушни ҳозирги фронт чизиғида “музлатиб қўйиш” ва Украина учун хавфсизлик кафолатлари — аммо оккупация қилинган ҳудудларни расман Россияники деб тан олмасдан. 14 фоиз иштирокчи бундай режани ҳам рад этган.

AQShlik mashhur rejissyor Rob Rayner va uning rafiqasi uyida o‘lik holda topildi

АҚШлик машҳур кинорежиссёр Роб Райнер ва унинг турмуш ўртоғи Мишель Райнер Лос-Анжелесдаги ўз уйида ўлик ҳолда топилди.

Germaniya TIV rahbari Rossiyani «NATOga qarshi urushga tayyorgarlik ko‘rishda» aybladi

Германия ташқи ишлар вазири Йоханн Вадефуль Россияни «агрессив ва империалистик сиёсат» юритишда айблаб, Москва НАТОга қарши урушга тайёргарлик кўраётганини билдирди.