«Tinchlik sammiti»: Bayonotda Rossiyadan qo‘shinlarini olib chiqish talabi bo‘lmaydi

«Tinchlik sammiti»: Bayonotda Rossiyadan qo‘shinlarini olib chiqish talabi bo‘lmaydi

Moskva bilan munosabatlarga katta ahamiyat berayotgan bir qator davlatlarning pozisiyasi tufayli Shveysariyada bo‘lib o‘tadigan Ukraina bo‘yicha Tinchlik sammiti xulosalari to‘g‘risidagi qo‘shma bayonotda Rossiyaning qo‘shinlarini bosib olingan Ukraina hududlaridan olib chiqib ketishi kerakligi talabi kiritilmaydi.

Bu haqda Yaponiyaning NHK telekanali hujjat loyihasiga tayanib xabar berdi.

Bayonotda Vladimir Zelenskiy rejasining 10 bandidan atigi 3 bandi bo‘ladi.

Shunday qilib, yakuniy bayonotda Atom elektr stansiyalari va oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash, mahbuslarni ozod qilish va bolalarni qaytarish masalalari aks etadi.

Loyihada tinchlikka erishish uchun barcha tomonlarning, shuningdek, Rossiyaning ushbu masala bo‘yicha muhokamalarda ishtirok etishi muhimligi ham ta’kidlanadi.

Shveysariya tashqi ishlar vaziri Ignasio Kassis matbuot anjumanida shunday dedi: «Barcha tomonlar Rossiyaning Ukraina bo‘yicha tinchlik muloqotida ishtirok etishi zarurligi borasida bir fikrda, biroq uning qachon o‘tkazilishi borasida konsensus yo‘q».


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!