Tezkor! Yaqinda uylangan Vohidjon Isoqov jazolandi

Tezkor! Yaqinda uylangan Vohidjon Isoqov jazolandi

Internet tarmog‘ida Toshkent shahar Shayxontohur tumanida amaldagi sanitariya-epidemiologiya talablarini buzgan holda o‘tkazilgan to‘y tadbiri haqida ma’lumotlar tarqamoqda. Foto va videolardagi mehmonlar soni 50 dan oshgan. Koronavirus infeksiyasi tarqalishi bilan bog‘liq yuqori xavf sharoitida bunday ishlarga yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi.

Ma’lum qilamizki, SEX ishchilari tomonidan mazkur fakt asosida tadbirni tashkillashtirgan 32 yoshli Voxidjon I. O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 54 moddasiga ko‘ra jarimaga tortildi. Unga EKIHning 5 baravari miqdorida jarima belgilandi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!