Tez orada Saudiya Arabistoni va Eron tashqi ishlar vazirlari uchrashadi

Tez orada Saudiya Arabistoni va Eron tashqi ishlar vazirlari uchrashadi

Saudiya Arabistoni va Eron tashqi ishlar vazirlari Ramazon oyining boshlanishi munosabati bilan telefon orqali gaplashib, elchixonalar va konsulliklarni qayta ochish jarayonini boshlash uchun tez orada uchrashishga kelishib oldilar, deya xabar beradi Saudiya tashqi ishlar vazirligi.

"Saudiya Arabistoni tashqi ishlar vaziri shahzoda Faysal bin Farxon as-Saud hamkasbi Husayn Amir Abdullohiyon bilan telefon orqali suhbatlashdi va har ikki mamlakatda payshanba kuni boshlanadigan Ramazon oyi munosabati bilan o‘zaro tabrik almashdi", deyiladi Saudiya TIV bayonotida.

Vazirlar uchrashuvi 10 mart kuni Xitoy vositachiligida e’lon qilingan yaqinlashuvdan so‘ng ikki davlat o‘rtasidagi munosabatlarni normallashtirish yo‘lidagi navbatdagi qadam bo‘lishi kutilmoqda. Bu ikki mamlakat o‘rtasidagi diplomatik aloqalar uzilganiga yetti yil o‘tib tiklanish arafasida turibdi.

2016 yilda Saudiya Arabistonida taniqli shia musulmon olimi qatl etilishi ortidan eronlik namoyishchilar Saudiya Arabistoni diplomatik missiyalariga hujum qilganidan keyin Riyoz Tehron bilan aloqalarini uzgan edi.

Biroq so‘nggi paytlarda ikki tomon ham munosabatlarni yaxshilashga intilmoqda.

Xitoy vositachiligida amalga oshirilgan kelishuvga ko‘ra, Eron va Saudiya Arabistoni ikki oy ichida o‘z elchixonalari va vakolatxonalarini qayta ochishi hamda 20 yildan ko‘proq vaqt avval imzolangan xavfsizlik va iqtisodiy hamkorlik kelishuvlarini amalga oshirishi kutilmoqda


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!