Texnik jihatdan tartibga solish agentligi rahbariga o‘rinbosarlar tayinlandi

Texnik jihatdan tartibga solish agentligi rahbariga o‘rinbosarlar tayinlandi

Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori bilan Texnik jihatdan tartibga solish agentligida yangi tayinlovlar amalga oshirildi. Bu haqda bosh vazir matbuot kotibi Bekzod Hidoyatov xabar berdi.

Abdurauf Abduqayumov O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi direktori birinchi o‘rinbosari etib tayinlandi. Bunga qadar 2022 yilning fevralidan buyon agentlik direktori o‘rinbosari bo‘lgan.

Odiljon Toxirov O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi direktori o‘rinbosari bo‘ldi. Tayinlovdan avval agentlikda Muvofiqlikni baholash va sifat tizimlarini joriy etish boshqarmasi boshlig‘i bo‘lgan.

Azamat Abdurahmonov O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi Texnik jihatdan tartibga solish sohasida nazorat inspeksiyasi boshlig‘i etib tayinlandi.

Ma’lumot uchun, Investisiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi Texnik jihatdan tartibga solish agentligi prezidentning 2024 yil 27 fevraldagi qaroriga asosan Vazirlar Mahkamasi idoraviy bo‘ysunishiga o‘tkazilgandi. Fevral oyi oxirlarida agentlik direktori etib energetika vaziri o‘rinbosari lavozimida ishlab kelgan Akmal Jumanazarov tayinlandi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!