Teslaning uch oydagi daromadi 37 foizga o‘sdi

Teslaning uch oydagi daromadi 37 foizga o‘sdi

Amerikalik elektromobil ishlab chiqaruvchi Tesla 2022 yilning to‘rtinchi choragida (oktyabr-dekabr) rekord darajadagi daromad keltirdi. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati o‘z saytida xabar tarqatdi.

Korporasiyaning uch oydagi daromadi 37 foizga o‘sib, 24,3 milliard dollarni tashkil etdi, bu kompaniya tarixidagi eng yuqori ko‘rsatkich bo‘ldi. Belgilangan davrdagi sof foyda 59 foizga oshib, 3,7 milliard dollarni tashkil etdi.

Butun 2022 yil yakunlariga ko‘ra, kompaniyaning sof foydasi 128 foizga o‘sdi va 12,6 milliard dollarni, daromadi 51 foizga oshib, 81,5 milliard dollarni tashkil etdi.

O‘tgan hafta Tesla bosh direktori Ilon Mask sohada raqobat kuchayganligi sababli kompaniyaning elektromobillari narxlarini pasaytirishga va yangi mijozlarga 20% chegirma berishga majbur bo‘lgani xabar qilingan edi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!