Temir yo‘l transportida yo‘lovchilarga qancha yuk olishga ruxsat etiladi?

Temir yo‘l transportida yo‘lovchilarga qancha yuk olishga ruxsat etiladi?

Temir yo‘l transportida har bir yo‘lovchi o‘zi bilan birga 36 kg dan oshmagan, ikki o‘rinli kupe vagonlarida esa 50 kg qo‘l yuki olib yurishiga ruxsat etiladi.

Yo‘lovchiga qo‘l yuki me’yoridan ortiqcha (36 kg) quyidagilarni tashishga ruxsat etiladi:

– portfel;

– ayollar sumkachasi;

– durbin;

– chang‘i va unga tayoqchalar;

– qarmoqlar;

– fotoapparat;

– soyabon;

– uch o‘lchamiga ko‘ra 100 sm dan oshmaydigan boshqa kichik buyumlar.

Shuningdek, shaharlararo qatnovchi yo‘lovchi tashish poyezdlarida:

– bolalar aravachasi;

– o‘simliklar;

– yuqori qismi boylangan va ildizlari o‘ralgan ko‘chatlar;

– boshqa ekin materiallarini bepul qo‘l yuki sifatida tashishga ruxsat etiladi.

Bunday qo‘l yukining har bir joy vazni 18 kg dan va balandligi 1,5 m dan oshmasligi kerak.

Manba: azon. uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!