Telegram’da yangi firibgarlik: MIB nomidan qarzdorlik haqida yolg‘on xabarlar yuborilmoqda

Telegram’da yangi firibgarlik: MIB nomidan qarzdorlik haqida yolg‘on xabarlar yuborilmoqda

So‘nggi vaqtlarda ijtimoiy tarmoqlarda Majburiy ijro byurosi tomonidan fuqarolarning qarzi borligi va uni Telegram tarmog‘i orqali osongina to‘lash mumkinligi haqidagi feyk xabarlar ko‘plab foydalanuvchilarga yuborilmoqda. Mazkur holat yuzasidan MIB axborot xizmati “Daryo”ga izoh berdi.

MIB nomidan yuborilayotgan yolg‘on xabarda go‘yoki fuqaroda qarzdorlik borligi va uni to‘lamasa jarima undirilishi aytilgan bo‘lib, unda go‘yoki MIBga tegishli bo‘lgan havola orqali to‘lash mumkinligi ko‘rsatilgan. Havolaga kirgan fuqarolar firibgarlar ularning plastik kartalaridagi pullar yechib olinayotganligidan shikoyat qilmoqda.

Shaxsiy raqamlar, ijtimoiy tarmoqlar orqali kelgan qarzdorlikni bartaraf qilish haqida har qanday xabarlar feyk hisoblanadi va Majburiy ijro byurosi tomonidan yuborilmaydi, xabarlar faqatgina, SMS xabar orqali hamda “MIB” ko‘rinishidagi akkauntdan yuboriladi.

“Hurmatli fuqarolar, shaxsiy ma’lumotlaringizni saqlash, kiberhujumlarni oldini olish maqsadida o‘zingizga taalluqli bo‘lgan ma’lumotlarni rasmiy bo‘lmagan va shubha uyg‘otuvchi platformalarga kiritmasligingizni so‘raymiz, — deyiladi MIB izohida.

Byuroning eslatishicha, qarzdorlik haqidagi har qanday ma’lumotlarni Byuroning “MIB.uz” rasmiy sayti va Byuroda murojaatlarni elektron qabul qilish markazining “1107” qisqa raqami orqali olish mumkin.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!