TDIU sobiq prorektori nega qidiruvga berilgani ma’lum qilindi

TDIU sobiq prorektori nega qidiruvga berilgani ma’lum qilindi

Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti (TDIU) muassasa sobiq prorektori Nodir Idiyev qidiruvga berilgani yuzasidan rasmiy munosabat bildirdi.
Oliygoh ayrim elektron nashrlarda tarqalgan sobiq prorektor Idiyev avgust oyida universitet tomonidan qidiruv berilgani haqidagi xabarni rad etgan.
“Vaziyatga oydinlik kiritib o‘tamiz. Nodir Fozilovich Idiyev “Asakabank” AJ Buxoro viloyati filialida faoliyat yuritgan davridagi ishlari sabab qidiruvga berilgan. Idiyevga qo‘yilayotgan ayblov uning Toshkent davlat iqtisodiyot universitetidagi faoliyati bilan bog‘liq emas”, - deyilgan xabarda.
Qayd etish joizki, iyul oyida Buxoroda “Asakabank” sobiq mansabdorlari Osiyo taraqqiyot banki ajratgan 2 mln dollarni talon-toroj qilgani aniqlangani xabar qilingan edi. Mahalliy OAVlar Idiyev aynan shu ish doirasida qidiruvga berilgan bo‘lishi mumkinligi haqida yozishmoqda.

“Asakabank” ma’lumotlariga ko‘ra, Nodir Idiyev 2016 yilda (iyun-avgust) “Asaka Invesment” boshqaruvi raisi o‘rinbosari, 2017 yilda esa bankning ichki audit xizmati boshlig‘i lavozimlarida ishlagan.
Hozir Nodir Idiyevga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) 3-qismi va 209-moddasi (mansab soxtakorligi) 2-qismi bilan jinoiy ish ochilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!