O‘zbekiston amputantlar terma jamoasining 4 karra jahon chempioni unvoni sazovor bo‘lishiga hissa qo‘shgan bosh murabbiy Rustam Kariyev 68 yoshida vafot etdi. Bu haqda Sputnik O‘zbekiston muxbiri Jismoniy tarbiya va sport vazirligi xabariga tayanib xabar qilmoqda.
Rustam Kariyev 1951 yil 15 yanvarda Surxondaryo viloyatida tug‘ilgan. O‘rta maktabni tugatgach, harbiy sifatida faoliyat olib borgan va kapitan darajasigacha ko‘tarilgan.
1988 yilda esa Afg‘onistondagi janglarda jarohatlanib, nogiron bo‘lib qaytgan sobiq harbiylardan iborat “Matonat” nogiron-amputantlar jamoasini tuzadi. 1998 yilda jamoaning nomi “Baynalminal”ga o‘zgartirildi.
Shu vaqt davomida “Baynalminal” jamoasi 11 karra Rossiya ochiq chempionati g‘olibi, ko‘p bora “Rojdestvo kubogi”, ikki karra MDH kubogi sohibiga aylangan. Bundan tashqari, asosini “Baynalminal” jamoasi a’zolari tashkil etgan O‘zbekiston terma jamoasi 4 karra jahon chempionati g‘olibligini qo‘lga kiritadi.
Rustam Kariyevning mamlakatda nogiron-amputantlar sportini rivojlantirish yo‘lidagi xizmatlari mamlakat tomonidan munosib rag‘batlantirilgan holda “Do‘stlik” ordeni va qator yuksak davlat mukofotlari bilan taqdirlangan.
"Aniq.uz" marhumning oila a’zolari va yaqinlariga hamdardlik bildiradi.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)
Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!
Ўзбекистон футболида катта ўзгаришлар даври бошланмоқда. Президентнинг янги қарорига мувофиқ, Суперлига клубларини молиявий соғломлаштириш ва босқичма-босқич хусусий секторга ўтказиш бўйича аниқ «йўл харитаси» белгиланди.
19 ёшли Солиҳ Муҳаммадий — Эрон ёшлар терма жамоаси аъзоси ва 2024 йил халқаро мусобақалар совриндори — яна икки йигит билан бирга дорга осиб қатл этилди.
Шадаев "VK", "Ozon" ва "Яндекс" каби йирик платформа вакиллари билан ҳам учрашиб, улардан "VPN" орқали кирувчи фойдаланувчилар учун чекловлар қўйишни сўради.
Дастлабки маълумотларга кўра, мазкур маҳсулотлар Қирғиз Республикасидан ноқонуний равишда олиб кирилган бўлиб, уларнинг бир қисми ярим тайёр, яна бир қисми эса қайта ишланган ҳолатда бўлган.
Озарбайжонда 33 ёшли эркак шок ҳолатга олиб келган ҳаракати билан фуқаролар эътиборини тортди. У аввало онасига ҳужум қилиб, уни вафот эттирди, кейин эса ўз жонига қасд қилиб, ўзини ёқиб юборди.