Tayvan yarim o‘tkazgichlar bozoridagi vaziyat yomonlashishidan ogohlantirmoqda

Tayvan yarim o‘tkazgichlar bozoridagi vaziyat yomonlashishidan ogohlantirmoqda

Tayvan bo‘g‘ozida keskinlik kuchayishi jahon yarim o‘tkazgich bozorida asorat keltirib chiqarishi mumkin, dedi Tayvanning Fransiyadagi rasmiy vakili Fransua Chin-Chun Vu dushanba kuni “BFM Business” telekanalida.

"Yarim o‘tkazgichlar ishlab chiqarish zanjiri murakkab jarayon. Agar biror ziddiyat ushbu texnologik jihatdan murakkab mahsulotning, hatto, birgina bo‘lagini ishlab chiqarishga ta’sir qilsa, butun tizim faoliyati to‘xtaydi.

Natijada jahon bozori uchun jiddiy muammo kelib chiqadi", - dedi Chin-Chun Vu.
Tayvanning “TSMC” kompaniyasi dunyodagi eng yirik o‘tkazgich mikro sxema ishlab chiqaruvchi hisoblanadi.

2-3 avgust kunlari AQSh Kongressi Vakillar palatasi spikeri Nensi Pelosi Tayvanga tashrifi doirasida “TSMC” bosh direktori Mark Liu bilan uchrashdi. OAV xabariga ko‘ra, ular yaqinda Kongress tomonidan qabul qilingan yarim o‘tkazgich ishlab chiqaruvchilarni qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risidagi qonun loyihasini muhokama qilgan. “Hozir yarim o‘tkazgichlar biz kundalik foydalanadigan, deyarli, barcha qurilmalarda – telefon, kompyuter, avtomobil elektronikasida qo‘llanadi.

Mart oyida AQSh “Chip4” strategik alyansini ishga tushirdi. Bu qurilmani yetkazib berish zanjirini nazorat qilish uchun to‘rtta global chip ishlab chiqaruvchi - AQSH, Janubiy Koreya, Tayvan va Yaponiya belgilangan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!