Tayvan bosh vaziri “Xitoy o‘zining "mushaklarini namoyish qilish"ni to‘xtatishi kerak"

Tayvan bosh vaziri “Xitoy o‘zining "mushaklarini namoyish qilish"ni to‘xtatishi kerak"

Tayvan bosh vaziri Su Chjenchan yakshanba kuni Xitoyni “mushak o‘ynashni” to‘xtatishga va “mintaqadagi tinchlikni buzmaslikka" chaqirgan.

"Xitoy o‘zining harbiy imkoniyatlaridan foydalanib, har yerda "mushaklarini namoyish qilish"ni to‘xtatishi kerak, bu mintaqaviy tinchlikka putur yetkazadi", – deydi bosh vazir.

Siyosatchi Tayvan bosim ostida “boshini egmasligini” ta’kidladi.

Avvalroq, Xitoy xalq ozodlik armiyasi yakshanba kuni Tayvan qirg‘oqlarida mashg‘ulotlarni davom ettirdi, deya xabarlar tarqlagan edi.

Payshanba kuni raketalar, aviasiya va harbiy kemalardan foydalangan holda keng ko‘lamli mashqlar rasman boshlandi. AQSh vakillar palatasi spikeri Nensi Pelosining Taypeyga tashrifiga javob bo‘lgan manevrlar 4 avgust kuni mahalliy vaqt bilan soat 12:00 da Orol atrofidagi suv zonasidagi oltita tumanda boshlandi.

Avvalroq, Xitoy dengiz xavfsizligi boshqarmasi Xitoy xalq ozodlik armiyasi 6-15-avgust kunlari sariq dengizning Janubiy qismida harbiy o‘q otish mashqlarini o‘tkazishini xabar qilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!