Tataristonda 12 may motam kuni deb e’lon qilindi

Tataristonda 12 may motam kuni deb e’lon qilindi

Qozon shahridagi 175-sonli maktabdagi otishma paytida halok bo‘lganlarning xotiraga 12 may Tataristonda motam kuni deb e’lon qilindi.

Ushbu qaror Tatariston prezidenti Rustam Minnixanov tomonidan qabul qilingan.

«Prezident qarori bilan Tataristonda 12 may motam kuni deb e’lon qilindi», deydi prezident matbuot xizmati rahbari Liliya Galimova.

Galimova shuningdek, yaqin vaqt ichida respublika aksilterror komissiyasining yig‘ilishi o‘tkazilishini ma’lum qildi. Ta’lim muassasasidagi otishma paytida o‘quvchilar va maktab o‘qituvchilaridan biri o‘ldirilgan. Halok bo‘lganlar va jarohat olganlarning aniq soni aniqlanmoqda.

Hujum 19 yoshli Ilnaz Gulyaviyev tomonidan amalga oshirilgan va u hibsga olingan. Ilnaz to‘rt yil oldin ushbu maktabni tugatgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!