Tashqi mehnat migrasiyasi agentligi Koreyadagi o‘zbekistonliklarni ogohlantirdi

Tashqi mehnat migrasiyasi agentligi Koreyadagi o‘zbekistonliklarni ogohlantirdi

Koreya Respublikasida noqonuniy bo‘lib turgan yurtdoshlarimiz diqqatiga!

Koreya Respublikasida noqonuniy (nolegal) bo‘lib turgan yurtdoshlarimiz 2024 yil 29 fevralgacha ushbu davlatdan chiqib ketishi mumkin.

Buning uchun chiqib ketishdan 3 ish kuni oldin Immigrasiya xizmatiga borib, ketish to‘g‘risida ixtiyoriy ariza to‘ldirish, pasport va aviachipta taqdim etish zarur.

Immigrasiya xizmati beradigan tasdiqnoma bilan vatanga muammosiz qaytib kelishi mumkun.

Immigrasiya xizmati ma’lum qilishicha, noqonuniy bo‘lib turgan fuqaro ushbu imkoniyatdan foydalanib o‘z xohishi bilan chiqib ketsa, deportasiya qilinmaydi va kelgusida Koreya Respublikasiga qayta kirib borish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

❗️Tashqi mehnat migrasiyasi agentligi yurtdoshlarimizni Koreya Respublikasi migrasiya qonunlarini buzmaslikka va nolegal holatga o‘tmaslikka chaqiradi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!