Tanzila Norboyeva Singapur prezidenti Halima Yaqub bilan uchrashdi

Tanzila Norboyeva  Singapur prezidenti Halima Yaqub bilan uchrashdi

Senat raisi Tanzila Norboyeva O‘zbekistonga rasmiy tashrif bilan kelgan Singapur prezidenti Halima Yaqub bilan uchrashdi. Bu haqda parlament yuqori palatasi rahbari Telegram'dagi kanalida ma’lum qildi.

“Suhbatimiz davomida O‘zbekiston va Singapur o‘zaro munosabatlarini rivojlantirishda parlamentlararo aloqalarning konstruktiv ahamiyatiga to‘xtaldik. Albatta, parlamentlarimiz o‘rtasidagi hamkorlik guruhlari faoliyatiga yangi impuls berish zarur”, — deb yozadi Tanzila Norboyeva.

Senat raisining so‘zlariga ko‘ra, muloqotda Halima Yaqub o‘zbek xalqining madaniyati va san’atiga doir xalqaro ko‘rgazmalar o‘tkazish kerakligini aytgan.

“Halima Yaqub xonim o‘zbek xalqining madaniyati va san’atiga oid ko‘rgazmalar va art-loyihalar nafaqat Yevropa davlatlarida, balki Osiyo mamlakatlarida, xususan, Singapurda ham namoyish qilinishi kerakligini alohida ta’kidladi. Zero, Singapur va O‘zbekiston xalqlarining ma’nan yaqin urf-odatlari, qadriyatlari va oilaviy an’analari barobarida millatlararo hamda konfessiyalararo tinchlik totuvlikni ta’minlashdagi sa’y-harakatlari ham mushtarakdir. Singapur va O’zbekistonning turli yo’nalishlarda, jumladan, savdo-iqtisodiy, innovasiya, fan va ta’lim sohalarida hamkorlikni kuchaytirish borasida yakdil bo’ldik. Xususan, ta’limning deyarli barcha darajalarida o’zaro amaliy muloqot qilish borasida fikrlashdik. Davlat xizmatchilarining kasbiy va boshqaruv salohiyatini oshirishda Singapurning ilg’or tajribasini o’rganish nihoyatda muhim” — deb yozadi Tanzila Norboyeva.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!