«Takaasur» surasi nima uchun nozil bo‘lganini bilasizmi?

A A A
«Takaasur» surasi nima uchun nozil bo‘lganini bilasizmi?

Ushbu sura Makkada nozil bo‘lib, 8 oyatdan iborat. Uning nomi o‘zining birinchi oyatidagi «takaasur» so‘zidan olingan. «Takaasur» so‘zi «molu dunyo, mansab-martaba va bola-chaqaning ko‘pligi bilan faxrlanish» deganidir. Ushbu surada kishilar dunyoning o‘tkinchi matohini ko‘paytirishga o‘zlarini urishlari, ana shu ish bilan mashg‘ul bo‘lishni jonlari chiqquncha davom ettirishlari haqida gap ketadi.

Takaasur surasi nihoyatda keskin xitoblar ila odamlarni mazkur ishni qilmaslikka undaydi.

Va, nihoyat, oxiratda ko‘riladigan dahshatlarni eslatish ila suraga xotima yasaladi.

Bu surai karima tug‘yonga ketgan moddaparastlik muammosini muolaja qiladi. Hozirgi hayot insonga turli sarflarni talab qiladigan madaniyatni taqdim etdi. Hoyi-havasga erishaman, deb inson bu narsalarning quli bo‘lib qoldi. Shu sababdan hayot rohat o‘rniga charchashga aylandi. Inson iloji boricha ko‘proq boylik to‘playdigan va bu yo‘lda har qanday pastkashliklardan qaytmaydigan bo‘lib qoldi. Havoyi nafs yo‘lida yurish, mol-dunyoga o‘chlik insonni insoniy fazilatlaridan judo qildi, insoniyligini unuttirdi va, nihoyat, yaratgan Xoliqini ham esidan chiqartirdi. Oqibatda inson Allohga emas, molu dunyoga sajda qiladigan bo‘lib qoldi.

Takaasur surasi buning oqibati nima bo‘lishini bayon qiladi.

1. «Kimniki ko‘p» sizni mashg‘ul qildi… (Takaasur surasi, 1-oyat) 

Ey odamlar, ko‘p molu dunyo to‘plashga, mansab ketidan quvishga, bola-chaqa, yoru do‘st ko‘paytirishga tinmay urinish sizni Alloh taoloning itoat va ibodatidan mashg‘ul qildi. Molu dunyom boshqalardan ko‘ra ko‘p bo‘lsin, deb tinmay urindingiz, Alloh taoloning toatidan mashg‘ul bo‘ldingiz. Boshqalardan kattaroq mansabga erishay, deb tinmay urindingiz, Alloh taoloning toatidan mashg‘ul bo‘ldingiz. Boshqalardan ko‘ra ko‘proq bola-chaqa, yoru do‘stim bo‘lsin, deb tinmay urindingiz, Alloh taoloning toatidan mashg‘ul bo‘ldingiz.

2. to qabrlarni ziyorat qilguningizcha. (Takaasur surasi, 2-oyat)

Ya’ni o‘lib, qabrga kirguningizcha kimo‘zarga boylik to‘plash bilan ovora bo‘lib, Alloh taoloning toat-ibodatini esdan chiqardingiz.

3. Yo‘q! Tezda bilasiz! (Takaasur surasi, 3-oyat)

Yo‘q! Bu qilmishingiz noto‘g‘ri! Molu dunyo ko‘paytirishga berilib, Alloh taoloning toati, ibodatidan mashg‘ul bo‘lmang! Mansab orqasidan yugurib, Alloh taoloning toat-ibodatidan mashg‘ul bo‘lmang! Bola-chaqa, yoru do‘stim deb, Alloh taoloning toat-ibodatidan mashg‘ul bo‘lmang!

Hali buning oqibatini tezda bilasizlar.

4. Yana yo‘q! Tezda bilasiz! (Takaasur surasi, 4-oyat)

Ha, tezda – o‘lishingiz bilan molu dunyo ko‘paytirishga, mansabga o‘ch bo‘lishga va bola-chaqa, yoru do‘stga ruju’ qo‘yishga berilib, Alloh taoloning toat-ibodatidan mashg‘ul bo‘lishning oqibatini ko‘rasizlar. Shuning uchun ham vaqt borida bu mashg‘ullikni yig‘ishtirib, Alloh taologa qayting.

5. Yo‘q! Agar aniq ilm ila bilganingizda edi… (Takaasur surasi, 5-oyat)

Yo‘q! Bu qilmishingizdan qayting! O‘tkinchi dunyo matohi uchun kimo‘zarga berilib, Alloh taoloning ibodatidan qolishni yig‘ishtiring! Agar sizlar buning oqibati nima bo‘lishini ochiq-oydin bilganingizda edi, bu ishni qilmas edingiz. Molu dunyo ko‘paytirish bilan mashg‘ul bo‘lib, Alloh taoloning ibodatini unutmas edingiz. Mansab ketidan quvish bilan mashg‘ul bo‘lib, o‘lguningizcha urinib, Alloh taoloning ibodatini unutmas edingiz. Bola-chaqa, yoru do‘st bilan mashg‘ul bo‘lib, Alloh taoloni esdan chiqarmas edingiz.

Afsuski, mol-dunyo, mansab, bola-chaqa, yoru do‘st masalasida kimo‘zar ila o‘lib, qabrni ziyorat qilguningizgacha mashg‘ul bo‘ldingiz. Endi

6. Albatta jahannamni ko‘rasiz. (Takaasur surasi, 6-oyat)

Ya’ni ko‘rmay qolmaysiz. Chunki bu dunyoda molu dunyo ko‘paytirish ila ovora bo‘lib, mansab ketidan quvish bilan ovora bo‘lib, Alloh taoloning ibodatini unutganlarning joyi albatta jahannam bo‘lishi aniq. Ha, ey g‘ofil bandalar! Sizlar albatta jahannamni ko‘rasizlar!

7. Va yana albatta uni ishonch ko‘zi bilan ko‘rasiz. (Takaasur surasi, 7-oyat)

Ha, ishonavering, jahannamni o‘z ko‘zingiz bilan ko‘rasiz. Bu aniq!

8. So‘ngra o‘sha Kunda albatta ne’matlanishdan so‘ralasiz. (Takaasur surasi, 8-oyat)

Ya’ni qiyomatda har bir ne’matni nimaga, qanday sarf qilganingiz haqida so‘raladi. Ha, kattayu kichik har bir ne’mat haqida so‘ralasiz. Har bir ne’matga shukr qildingizmi, yo‘qmi – so‘ralasiz. Alloh taolo sizga bergan molu dunyo ne’matini nimaga sarfladingiz – halolgami, haromgami, Alloh taoloni rozi qiladigan yo‘lgami, g‘azabini qo‘zg‘atadigan yo‘lgami – hamma-hammasi haqida so‘ralasiz.

Mansabdan qanday foydalanganingiz haqida ham albatta so‘ralasiz. Mansabingizdan to‘g‘ri, Islomiy yo‘lda istifoda qildingizmi yoki noto‘g‘ri, yomonlik ishlar yo‘lida istifoda qildingizmi – so‘ralasiz! Shuningdek, bola-chaqa, yoru do‘st haqida ham so‘ralasiz!

Ushbu his – qiyomat kuni kattami-kichikmi, har bir ne’mat haqida savol-javob bo‘lishi muqarrarligi hissi har bir musulmonni doimiy ravishda qamrab turmog‘i lozim. Ana shundagina jamiyat a’zolaridagi mas’uliyat hissi ortadi, hushyorlik ziyoda bo‘ladi va ulkan natijalar hosil bo‘ladi. Xuddi shu his musulmonlarning birinchi avlodida oliy darajada bo‘lgan, shuning uchun ham ular ulkan yutuqlarga erishganlar.

Imom Termiziy Abdulloh ibn Shixxiyr roziyallohu anhudan rivoyat qilgan hadisda: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning huzurlariga borsam, «Alhaakumut-takaasuru»ni qiroat qilayotgan ekanlar. So‘ngra u zot: «Odam bolasi «molim, molim», deydi. Sening yeb tugatganingdan, kiyib chiritganingdan va sadaqa qilib o‘tkazganingdan o‘zga moling bormidi?!» – dedilar», deyilgan. Ya’ni, mazkurlardan boshqa mol-dunyo bevafo narsadir.

Imom Muslim Abu Hurayra roziyallohu anhudan qilgan rivoyatda quyidagilar aytiladi: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bir kuni yoki kechasi tashqariga chiqib, Abu Bakr va Umarga duch keldilar. Bas, u zot sollallohu alayhi vasallam:

– Ikkovingizni bu soatda uyingizdan nima chiqardi? – dedilar. Ikkovi:

– Ochlik, ey Allohning Rasuli, – deyishdi. Ul zot:

– Nafsim qo‘lida bo‘lgan Zot bilan qasamki, meni ham ikkovingizni chiqargan narsa chiqardi, turinglar! – dedilar. Ul zot bilan birga turib, ansoriylardan birining huzuriga borishdi. U kishi uyida yo‘q ekan. Ayoli u zot sollallohu alayhi vasallamni ko‘rishi bilan:

– Xush kelibsiz! – dedi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ayoldan:

– Falonchi qayerda? – deb so‘radilar. Ayol:

– Suv olib kelgani ketdi, – dedi. Tezda ansoriy sahoba ham yetib keldi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga va u zotning ikki sahobalariga nazari tushishi bilan:

– Alhamdulillah! Bugun menchalik hurmatli mehmonlari bor hech kim yo‘q! – dedi. Borib, bir tizim xurmo keltirib: – Yenglar, – dedi va qo‘liga pichoqni oldi. Shunda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam unga:

– Zinhor va zinhor sog‘in hayvonga tegma! – dedilar. Ansoriy sahoba ularga bir qo‘y so‘ydi. Ular qo‘ydan va haligi xurmodan tanovul qilishdi, ichishdi. To‘yib, serob bo‘lganlaridan keyin Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Abu Bakr bilan Umarga: – Nafsim qo‘lida bo‘lgan Zot bilan qasamki, qiyomat kuni albatta ushbu ne’matdan so‘ralasizlar. Sizni uyingizdan ochlik chiqardi. Endi esa sizga ushbu ne’mat yetganidan keyin qaytasizlar – dedilar».

Ha, Takaasur surasi o‘zi qisqa, oyatlari oz bo‘lsa ham, ana shunday ulkan ma’nolarni o‘z ichiga olgandir. Uning ma’nosini tushunib, tadabbur ila tez-tez o‘qib turish kishining ko‘zini ochib, esini joyiga keltirib, mas’uliyatini his ettirib turadi. Shuning uchun ham Nabiy sollallohu alayhi vasallam ushbu qisqa surani o‘qigan odamga ming oyat o‘qiganning savobini bashorat qilganlar.

Imom Bayhaqiy Ibn Umar roziyallohu anhudan rivoyat qilgan hadisda aytiladi: «Nabiy sollallohu alayhi vasallam:

– Sizlardan qay biringiz har kuni ming oyat o‘qiy oladi? – deb so‘radilar. Sahobalar tomonidan:

– Kim ham har kuni ming oyat o‘qiy olardi? – deyildi. Shunda Muhammad sollallohu alayhi vasallam:

– Birortangiz ham «Alhaakumut-takaasuru»ni o‘qishga qodir emasmisiz? – dedilar».

Demak, shundan ma’lum bo‘ladiki, bu surai karima ming oyatga barobar ekan.

Manba: islom.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

Peres “Real”dan ketadigan sakkiz futbolchini aniq ko‘rsatdi. Ro‘yxat yana kengayishi mumkin

Мадриднинг “Реал” клуби президенти Флорентино Перес жорий мавсум тугагач, жамоани тузилмавий янгилашни режалаштирмоқда.

Gvardiola golda Husanovni aybladi

«Манчестер Сити» бош мураббийи Пеп Гвардиола «Арсенал»га қарши кечган баҳсдаги (2:1) Жанлуижи Доннарумманинг хатоси ҳақида гапирди.

“Real” yulduzlarni jilovlaydigan murabbiy topdi

“Реал” раҳбарияти жамоага бош мураббий сифатида Дидье Дешамни таклиф қилишга тайёргарлик кўраётгани хабар қилинган эди.

Samarqandda 1956 yilda tug‘ilgan fuqaro yashash uyida vafot etganligi holati yuzasidan prokuratura tekshiruv olib bormoqda

Марҳумнинг ўлим сабабларини аниқлаш мақсадида суд-тиббиёт экспертизаси тайинланган.

Eronning ikki million barrel neft tashiy oladigan supertankeri AQShning Ho‘rmuz bo‘g‘ozidagi dengiz blokadasini muvaffaqiyatli yengib o‘tdi

Bloomberg агентлиги Ҳўрмуз бўғозидан бунгача Хитойга алоқадор Rich Starry танкери ўтганини ҳақида хабар берганди.

Lionel Messi Kataloniya klubini sotib oldi

АҚШнинг “Интер Майами” ва Аргентина терма жамоас сардори Лионель Месси Терсера RFEF (Испаниянинг бешинчи дивизиони) лигасида иштирок этувчи Каталониянинг “Корнеля” клубини сотиб олди.

Gvardiola: «Iltimos, uni maqtashni to‘xtating»

«Манчестер Сити» бош мураббийи Хосеп Гвардиола Райан Шеркини Премьер-лиганинг мавсумдаги энг яхши футболчиси совринига номзод сифатида қараш керакми-йўқми, деган саволга жавоб берди.

Italiya OAVlari Makronning Jorja Meloni bilan uchrashuvdagi harakatlarini keskin tanqid qildi

Франция президенти Эммануэль Макрон ва Италия бош вазири Жоржа Мелонининг Париждаги учрашуви сиёсатчиларнинг ҳаддан ташқари яқин қучоқлашиши сабабли можарога айланди.

«Real» o‘z sobiq futbolchisi vafot etganini ma’lum qildi

Мадриднинг «Реал» клуби собиқ футболчиси Хосе Сантамария 96 ёшида оламдан ўтди. Бу ҳақда «қироллик клуби» матбуот хизмати расмий хабар берди.

Tehron Eron kemasini qo‘lga olganidan keyin AQSh harbiy kemalariga hujum qildi

Бу ҳақда Tasnim ахборот агентлиги хабар бермоқда.

Eronda bir baqqol do‘koni oynasida shunday yozuv ilgan:

«Бу хаёлий маҳсулот эмас. Агар эҳтиёжинг бўлса, ол — урушдан кейин тўлайсан.»

Uganda prezidentining o‘g‘li Turkiyadan 1 mlrd dollar va eng go‘zal qizni talab qilmoqda

Уганда президентини ўғли, армия қўмондони Муҳузи Кайнеругаба Туркияга нисбатан баҳсли баёнот билан чиқди.

Javohir Sindarov va ijtimoiy tarmoqlarni portlatgan surat

Бу лавҳа ҳар икки давлат фойдаланувчилари ўртасида қизғин муҳокамаларга сабаб бўлди.

Tehronda Oliy rahbar vafoti munosabati bilan katta motam marosimi bo‘lib o‘tmoqda

Мотам санаси Эрон ва АҚШ ўртасида икки ҳафталик сулҳ бошланиши билан бир вақтга тўғри келди.

Millioner! Husanov “Siti”da jami qancha maosh oladi?

Франциянинг L’Équipe спорт нашри Англия Премьер-лигасидаги энг юқори маош олувчи 5 нафар футболчидан иборат рейтингни эълон қилди.

Hakam: Husanovga qizil kartochka ko‘rsatish kerak edi!

Англия Премьер-лигасининг 33-турида “Манчестер Сити” футболчилари мусобақа пешқадами “Арсенал”ни 2:1 ҳисобида мағлубиятга учратиб, яна чемпионлик курашига қайтди.

Eron AQShni “yakuniy jazo” bilan tahdid qildi

Эрон томони АҚШнинг ҳар қандай ҳарбий можарони узайтиришга қаратилган ҳаракатлари қаттиқ жавобга олиб келишини билдирди.

Abduqodir Husanov dunyodagi eng yaxshi yosh futbolchilar reytingiga kiritildi

Ўзбекистон терма жамоаси ва «Манчестер Сити» ҳимоячиси Абдуқодир Ҳусанов CIES версиясига кўра 23 ёшгача бўлган энг яхши футболчилар рўйхатига киритилди.

"Real" Chempionlar ligasida ikkinchi bor g‘olib bo‘ldi

Мадриднинг "Реал" клуби Ёшлар ўртасидаги УЕФА Чемпионлар лигасида иккинчи бор ғолибликни қўлга киритди.

Evropa Isroilga bosimni oshirmoqda

Франция ва Швеция Европа комиссиясини Иордан дарёсининг Ғарбий соҳилидаги Исроил аҳоли пунктларидан келтириладиган товарлар импортини қаттиқроқ назорат қилишга ва уларга нисбатан божхона тўловларини жорий этишга чақирди.

Sudan urushi: ayollar va qizlar uchun dunyodagi eng og‘ir gumanitar inqiroz

БМТ маълумотларига кўра, 17 миллиондан ортиқ аёл ва қиз ҳозирда гуманитар ёрдамга муҳтож.

Tramp: Isroil meni Eron bilan urushga undamagan

АҚШ президенти Дональд Трамп Исроил уни Эронга қарши уруш бошлашга ҳеч қачон ундамаганини билдирди.

G‘azoda halok bo‘lganlar soni 72 mingdan oshdi

Бу ҳақда Ғазо Соғлиқни сақлаш вазирлиги сўнгги маълумотларни эълон қилди.

Xalqaro e’tirof: O‘zbekiston BMTning muhim komissiyasiga saylandi

Нью-Йорк шаҳрида ЭКОСОС сессияси доирасида бўлиб ўтган сайловлар якунларига кўра, Ўзбекистон Республикаси 2027–2029 йиллар учун БМТнинг жиноятчиликнинг олдини олиш ва жиноий одил судлов бўйича комиссияси аъзолигига сайланди.

Homanaiy: Eron AQSh va Isroilga yangi zarba berishga tayyor

Эрон олий раҳбари оятуллоҳ Мужтабо Ҳоманаий мамлакат ҳарбий-денгиз кучлари АҚШ ва Исроилга қарши янги зарбалар беришга тайёрлигини билдирди.

Rasman: Kiyevdagi otishma gumondori Rossiyada tug‘ilgan

Украина президенти Владимир Зеленскийнинг маълум қилишича, Киевда отишма уюштириб, олти кишининг ўлимига сабаб бўлган шахс аввал ҳам жиноий жавобгарликка тортилган.

Evroittifoq ehtimoliy aviayoqilg‘i taqchilligiga tayyorgarlik ko‘rishni boshladi

Брюсселда ўтган брифингда Европа комиссияси вакили Анна-Кайса Итконен бу ҳолат ҳозирча реал муаммога айланмаганини, бироқ хавф тобора ортиб бораётганини таъкидлади.

Qashqadaryoda lolazorni payxon qilganlarga chora ko‘rildi

Ижтимоий тармоқларда Қашқадарё вилояти Кўкдала туманидаги лолазор ҳудудида транспорт воситаларида ҳаракатланилганлиги акс этган видео тарқалди.

Germaniyada chap ekstremizm bilan bog‘liq jinoyatlar soni keskin oshdi — BILD

Бу ўтган йилга нисбатан учдан бирдан кўпроқ ўсишни англатади.

Rus tilida so‘zlashuvchi generalning Mossad rahbari etib tayinlanishi Isroilda tanqid qilindi

Маълумотларга кўра, рус тилида равон сўзлашувчи беларуслик муҳожир Роман Хоффман разведка хизматининг 14-раҳбари бўлди.

O‘rta Chirchiqda 4 kishi halok bo‘lgan yong‘in yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Ҳодиса жойидан Республика суд экспертиза маркази экспертлари, вилоят ИИБ эксперт криминалисти ва вилоят фавқулотда вазиятлар бошқармаси экспертлари томонидан ёнғиндан шикастланган буюмлар, алимун сим бўлаклари ва бошқа ашёвий далиллар олинган.

O‘zbekiston Humans Group asoschisi Vladimir Dobrininni xalqaro qidiruvga berdi

У “қимор ва таваккалчиликка асосланган бошқа ўйинларни ташкил этиш ва ўтказиш”, шунингдек, “пул ювиш"да айбланмоқда.

O‘rta Chirchiqdagi xonadonda portlash: 4 kishi vafot etdi

Тунда қаттиқ овоз бўлди. Ҳамма уйдан чиқиб кетди. Қўрқиб кетдик”, — дейди қўшнилардан бири.

“Ravshan Zolotoy” xalqaro qidiruvga berildi

Омма орасида “Равшан Золотой” номи билан танилган, таниқли тадбиркор Ғофур Раҳимовнинг жияни Равшан Муҳитдинов интерпол орқали қидирувга берилган.

"O‘zbekiston metallurgiya kombinati" sobiq raisi Dilshod Ahmedov xalqaro qidiruvga berildi

Дилшод Аҳмедов 2024 йил 16 октябрда “Ўзметкомбинат” АЖ бошқарув раиси этиб тайинланган. 2025 йил август ойида эса лавозимидан озод этилганди.

Jizzaxda FVB mansabdori pora bilan ushlandi

Ҳолат юзасидан унга нисбатан жиноят иши қўзғатилиб, тергов ҳаракатлари олиб борилмоқда.

JAR siyosatchisi Julius Malema 5 yillik qamoq jazosiga hukm qilindi

"Иқтисодий эркинлик учун курашчилар" (EFF) партияси етакчиси Жулиус Малема 2018 йилги митингда ўқотар қуролдан ноқонуний фойдаланганликда айбдор деб топилди

Oq uy olimlarning sirli o‘limi va yo‘qolishi haqidagi ma’lumotlarni tekshiradi

Бу ҳақда The Times Кэролайн Левиттга таяниб хабар берди.

AQSh Eronga qarshi “Iqtisodiy g‘azab” operasiyasini boshladi

Бу ҳақда Пит Хегсет матбуот анжуманида баёнот берди.

Samarqandda ma’danli toshlardan oltin ajratib olayotganlar ushlandi

Самарқанд вилоятида ноқонуний равишда маъданли тошлардан олтин ажратиб олиш билан шуғулланиб келган шахслар ушланди.