Tailand hukumati Rossiya bilan ekstradisiya to‘g‘risidagi shartnoma loyihasini ma’qulladi

Tailand hukumati Rossiya bilan ekstradisiya to‘g‘risidagi shartnoma loyihasini ma’qulladi

Tailand hukumati Rossiya bilan ekstradisiya to‘g‘risidagi shartnoma loyihasini ma’qulladi, deb xabar berdi The Nation.

Hukumat matbuot kotibi Rachada Dhanadirekning so‘zlariga ko‘ra, bitim jinoyatchilikka qarshi kurashda hamkorlikka yordam beradi va uning tafsilotlari Tailand boshqa davlatlar bilan tuzgan ekstradisiya kelishuvlariga mos keladi.

Ekstradisiya to‘g‘risidagi bitim parlamentning ma’qullanishini talab qilmaydi, chunki u Tailand hududi, iqtisodiyoti, jamiyati, savdosi va sarmoyasiga taalluqli emas, deya ta’kidlaydi nashrning rasmiy vakili.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!