Tabiatga 6 mlrd 635 mln so‘mdan ortiq zarar yetkazilgani aniqlandi

Tabiatga 6 mlrd 635 mln so‘mdan ortiq zarar yetkazilgani aniqlandi

Ekologiya vazirligi tomonidan Yuqorichirchiq tumani hududidan oqib o‘tuvchi Chirchiq daryosida olib borilgan nazorat reyd tadbirlarida daryoning muhofaza mintaqasidan 1 dona yuklovchi va 2 dona «MAN» rusumli yuk tashuvchi transport vositalari yordamida shag‘al mahsuloti noqonuniy qazib olib ketilayotganligi aniqlangan.

Surishtiruv davomida qum-shag‘al «Sharq neftgaz biznes» MCHJ rahbari O. K. tomonidan qazdirilganligi ma’lum bo‘ldi. O‘lchov natijasida tabiatga yetkazilgan zarar 6 milliard 635 million 894 ming 160 so‘mni tashkil qildi.

Holatga huquqiy baho berish va qonuniy chora ko‘rishni ta’minlash maqsadida hujjatlar Bosh prokuraturaga yuborildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!