Suv tejaydigan texnologiyani joriy qilgan fermer va dehqonlar yanada rag‘batlantiriladi

Suv tejaydigan texnologiyani joriy qilgan fermer va dehqonlar yanada rag‘batlantiriladi

“Tashkent city”dagi “Congress Hall” majmuasida Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasining o‘n birinchi s’ezdi davom etmoqda.

Partiyadan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod Shavkat Mirziyoyev saylovoldi dasturi bilan tanishtirmoqda. Nomzod dasturdagi uchinchi maqsad – suv resurslarini tejash va atrof muhitni muhofaza qilish ekanini ta’kidladi.

2030 yilga qadar ekin maydonlarini to‘liq suv tejaydigan texnologiyalarga o‘tkazish uchun dalalarga suv yetkazadigan ob’ektlar fermer va klasterlar boshqaruviga berilishi qayd etildi. Suv yetkazish tizimiga Turkiya, Ispaniya, Xitoy kabi davlatlar tajribasi keng joriy qilinadi. Suv tejaydigan texnologiyani joriy qilgan fermer va dehqonlar yanada rag‘batlantirilishi aytildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!