Surxondaryolik fuqaro sotib olgan “Al Hadaya” mahsulotlari soxta ekanligi ma’lum bo‘ldi

Surxondaryolik fuqaro sotib olgan “Al Hadaya” mahsulotlari soxta ekanligi ma’lum bo‘ldi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Termiz shahar bo‘limi tomonidan tadbirkorlik sub’ektlarining huquqlarini himoya qilish yuzasidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro S.M. o‘zining yashash xonadonida yashirin sex tashkil etib, xaridor J.ga 86 dona (keyinchalik 14 donasini yetkazib berish sharti bilan) “Al Hadaya” (150 ming so‘mdan) va 100 dona “Androgard” (250 ming so‘mdan) nomli mahsulotlarning nusxalarini firibgarlik yo‘li bilan 40 mln so‘mga sotgan vaqtida ushlanib, uning “Kattabog‘” MFY hududidagi xonadoni ko‘zdan kechirilganda, ushbu xonadondan 152 turdagi har xil yog‘ mahsulotlari, bo‘sh idishlar, har xil yorliqlarni (etiketka) ishlab chiqarishda foydalanilgan noutbuk va rangli printer ashyoviy dalil sifatida olingan.

Mazkur holat yuzasidan 168-moddasi (firibgarlik), 186-moddasi (xavfsizlik talablariga javob bermaydigan tovarlarni o‘tkazish maqsadini ko‘zlab ishlab chiqarish) va 228-moddasi (hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!