Surxondaryodagi chegara postida ayol kishi bojxona xodimini do‘pposladi

Surxondaryodagi chegara postida ayol kishi bojxona xodimini do‘pposladi

Surxondaryo viloyati, Sariosiyo tumanidagi "Chumchuqlijar" chegara bojxona postida ayol F.K. (1963 y.t. tadbirkor) xizmatni o‘tab kelayotgan bojxona inspektori L.X.ga qarshilik ko‘rsatib, uni haqorat qilib, bosh qismi va yuziga qo‘llari bilan urib, tan jarohati yetkazgan. 

Mazkur holat yuzasidan Sariosiyo tumani prokuraturasi tomonidan F.K.ga nisbatan JKning 219-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Tergov harakatlari olib borilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!