Suriyadagi o‘zbekistonlik jangari qidiruvga berildi

A A A
Suriyadagi o‘zbekistonlik jangari qidiruvga berildi

Andijon viloyati Ichki ishlar boshqarmasi Turkiya orqali Suriya davlatiga o‘tib jangovar harakatlarda qatnashgan fuqaro Islomiddin Muxiddin o‘g‘li Qodiraliyevni qidiruvga berdi.

Qayd etilishicha, Islomiddin Qodiraliyev 1992 yilda Andijon viloyatining Izboskan tumanida tug‘ilgan, 2014 yil iyun oyida Rossiya Federasiyasining Yekaterinburg shahriga mavsumiy ishlash maqsadida borib, u yerda xalqaro terroristik tashkiloti rahnamolarining ta’siriga tushib yashirin jamoatlarda ishtirok etgan. 2015 yilning boshlarida u yerdan Turkiya orqali Suriya davlatiga o‘tib, jangovar harakatlarda qatnashgan.

Huquq-tartibot idoralari tomonidan olib borilgan tezqor qidiruv tadbirlari natijasida Islomiddin Qodiraliyev O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 155-2-moddasi (Terrorchilik faoliyatini amalga oshirish maqsadida o‘quvdan o‘tish, chiqish yoki harakatlanish), 159-moddasi (O‘zbekiston Respublikasining konstitusiyaviy tuzumiga tajovuz qilish) hamda 244-2-moddasi (Diniy ekstremistik, separatistik, fundamentalistik yoki boshqa taqiqlangan tashkilotlar tuzish, ularga rahbarlik qilish, ularda ishtirok etish) bilan aybli deb topilib, 2016 yilda qidiruvga berilgan.

IIB matbuot xizmati fuqarolarni ogohlikka chaqirib, chet davlatlarda turib o‘zining radikal, ekstremistik va Islom diniga yot bo‘lgan g‘oyalarni targ‘ib qilib kelayotgan kimsalarning domiga tushib qolmaslikni so‘ragan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!