Sun’iy intellekt ob-havo prognozlarini baholashda yordam beradi

Sun’iy intellekt ob-havo prognozlarini baholashda yordam beradi

Tomorrow.io internet portali ob-havo va iqlim prognozlariga bag‘ishlangan, ob-havo va iqlimni tahlil qilish uchun mo‘ljallangan generativ sun’iy intellektni (SI) ishga tushiradi.

Loyiha mualliflarining fikriga ko‘ra, u ob-havo va iqlimga bag‘ishlangan birinchi sun’iy intelekt bo‘ladi. Gale deb nomlangan interaktiv mahsulot - loyihaning bir qismidir.

Gale yordamida foydalanuvchilar Tumorrov platformasi taqdim etadigan ko‘plab iqlim va ob-havo ma’lumotlarini ixcham, vizual jihatdan jozibali va iqlim hodisalarining kasbiy sohaga integrasiya qilingan qulay prognoz format ko‘rinishiga keltirishlari mumkin.

Meteorologik sferada sun’iy intellektning paydo bo‘lishi mijozlarga ob-havo ma’lumotlarini o‘zlari xoxlagan formatda taqdim etish davri boshlanayotganini anglatadi.

Foydalanuvchilar Tomorrow.io platformasidagi 40 dan ortiq ob-havo parametrlari vizializasiyasidan iborat har qanday individual kirish to‘plamini tanlash imkoniyatiga ega bo‘ladilar.

Sun’iy intelekt turli iqlim modellarining millionga yaqin ma’lumotlarini tezda tahlil qilish qobiliyati yordamida iqlim o‘zgarishiga faol moslashish va chidamlilikni oshirish uchun yanada oqilona qarorlar qabul qilishda muhim burilishni taqdim etadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!