Stoltenberg: NATOda Rossiyaning Ruminiyaga qasddan hujum qilgani haqida hech qanday dalil yo‘q

NATO bosh kotibi Yens Stoltenbergning aytishicha, NATOda Rossiyaning Ruminiyaga ataylab hujum qilgani haqida hech qanday dalil yo‘q.
Bu haqda u Kiyevga tashrifi chog‘ida o‘tkazilgan matbuot anjumanida aytib o‘tdi.
U, xususan, Ukraina bilan chegara yaqinida Ruminiya hududiga uchuvchisiz uchuvchi samolyotning qulashiga izoh berdi.
“Bizda bu Rossiya tomonidan qasddan qilingan hujum ekanligi haqida hech qanday dalil yo‘q”, — deya uning so‘zlaridan iqtibos keltiradi TASS.
Shu bilan birga Stoltenberg Ruminiyada dron qoldiqlari topilganini jiddiy hodisa deb atadi. Uning fikricha, bu Ukrainadagi mojaro bilan bog‘liq boshqa davlatlar uchun xavflarni ko‘rsatadi.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)