Endi gibrid avtomobillardan ekologik sertifikat so‘ralmaydi

o‘rinbosari Obidjon Qudratovning ma’lum qilishicha, ekologik sertifikat talabi faqat gaz, benzin va dizel yoqilg‘isida ishlaydigan transport vositalariga nisbatan qo‘llaniladi. Elektromobillar esa mazkur talabdan ozod etilgan.
---
⚠️ Gibrid avtomashinalar bo‘yicha huquqiy bo‘shliq
Qudratov ta’kidlashicha, gibrid avtomobillarga oid aniq huquqiy norma mavjud emasligi sababli tushunmovchilik yuzaga kelgan. Bu orqali ayrim holatlarda noqonuniy ravishda sertifikat talab qilingan va ortiqcha to‘lovlar undirilgan.
> 💬 «Ayni paytda mazkur muammoni bartaraf etish maqsadida Hukumat qaroriga tegishli o‘zgartish kiritish bo‘yicha loyiha ishlab chiqilgan va u imzolanish arafasida turibdi», — dedi Qudratov.
Yangi hujjatda gibrid avtomashinalar uchun ekologik sertifikat talab etilmasligi aniq ko‘rsatiladi.
---
⚖️ Senat bu borada nima dedi?
Oliy Majlis Senati raisi Tanzila Norboyeva esa mazkur holatga munosabat bildirib, qonunchilikdagi noaniqliklar fuqarolar manfaatiga talqin qilinishi lozim ekanligini eslatdi.
Biroq shu yerda yana bir muhim masala ochiq qolmoqda:
> «Avvaldan ortiqcha to‘lov qilgan fuqarolarga pullari qaytariladimi?»
Bu borada hozircha rasmiy izoh berilmadi.