Stiven Sigal Rossiya fuqaroligidan hech qachon voz kechmoqchi emas

Stiven Sigal Rossiya fuqaroligidan hech qachon voz kechmoqchi emas

Gollivud yulduzi besh yildan buyon Rossiya fuqarosi hisoblanadi - tafsilotlar.

Bir necha yil avval Rossiya pasportini olgan amerikalik aktyor va kinoprodyuser Stiven Sigal RIA Novosti agentligiga Rossiya fuqaroligidan hech qachon voz kechmasligini ma’lum qildi.

"Birinchidan, men hech qachon Rossiya pasportidan voz kechmayman. Ikkinchidan, men har kuni rusofobiyaga duch kelaman", - deydi u.

Bundan tashqari, 2018 yil avgust oyidan boshlab, Rossiya Tashqi ishlar vazirligining Rossiya va AQSh o‘rtasidagi gumanitar aloqalar bo‘yicha maxsus vakili hisoblangan aktyor o‘z lavozimini o‘zgartirishi mumkinligi va bu masala muhokama qilinayotganini aytib o‘tdi.

"Bilasizki, AQSh va Rossiya o‘rtasidagi munosabatlar juda tarang. Menga avvalroq berilgantopshiriq yuzasidan pozisiyamni o‘zgartirish haqida munozaralar ketmoqda", - deydi Sigal.

Qayd etish joiz, Sigal ushbu lavozimda madaniyat, fan, ta’lim, san’at va sport sohasidagi loyihalarda ishtirok etgan.

Aktyor Qalmog‘iston, Tuva va Yoqutistonga tashrif buyurib, o‘zining kelib chiqish ildizlarini o‘rganar ekan, Ukrainada ham qarindoshlari bo‘lishi mumkinligini aytdi.

"Rossiyada ko‘p qarindoshlarim bor. Ular asosan Uzoq Sharq, Vladivostok, Irkutsk, Yoqutiston, Baykal, Buryatiyada. Ukrainaga kelsak: qarindoshlarim bo‘lishi mumkin, lekin ishonchim komil emas” - deydi u.

Eslatib o‘tamiz, 2016 yil noyabrda prezident Vladimir Putin amerikalik aktyor va prodyuser Stiven Sigalga Rossiya fuqaroligini berish haqidagi farmonni imzolagan edi. Sigalning otasi Rossiya hududida tug‘ilgan va XX asrning birinchi yarmida AQShga ko‘chib ketgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!