SSV: YURTIMIZGA KORONAVIRUSGA QARSHI YUQORI SAMARAGA EGA PREPARAT OLIB KELINDI

SSV: YURTIMIZGA KORONAVIRUSGA QARSHI YUQORI SAMARAGA EGA PREPARAT OLIB KELINDI

Bundan biroz muddat avval Germaniya O‘zbekistonga insonparvarlik yordami tariqasida 10 ming doza Casirivimab/Imdevimab kombinasiyalangan preparatini yuborishi haqida xabar bergan edik.

Hozirgina Toshkent Xalqaro aeroportida ushbu dori vositasi qadoqlarini qabul qilib olish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Unda Sog‘liqni saqlash vazirligi mas’ullari, Germaniyaning O‘zbekistondagi elchixonasi xodimlari va jurnalistlar ishtirok etdi.

Casirivimab/Imdevimab (Shveysariyaning "Roche" farmasevtika kompaniyasidan) COVID-19 ga qarshi sun’iy "antitanachalar kokteyl"i bo‘lib, hozirda preparat virusning yangi shtammlariga chidamli yagona preparat hisoblanadi.

Tadqiqot natijalariga ko‘ra, preparat kasalxonaga yotqizish va koronavirusdan o‘lim darajasini 70 foizga kamaytirgani va kasallik alomatlarining davomiyligini 14 kundan 10 kungacha qisqartirgani aytilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!