SSV: Vazir kattalar va bolalar gemotologik markazlari hududidagi yangi inshootlar qurilishi bilan tanishdi

SSV: Vazir kattalar va bolalar gemotologik markazlari hududidagi yangi inshootlar qurilishi bilan tanishdi

Sog‘liqni saqlash vaziri Amrillo Inoyatov o‘tgan hafta oxirida poytaxtimizdagi qator tibbiyot muassalari faoliyati, ularda olib borilayotgan bunyodkorlik ishlari bilan tanishgani haqida xabar bergan edik.

Vazir Respublika ixtisoslashtirilgan gematologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi hamda Bolalar gematologiyasi, onkologiyasi va klinik immunologiyasi markazini ko‘zdan kechirish jarayonida ularning hududida barpo etilayotgan ikkita aseptik korpuslar qurilishi bilan ham yaqindan tanishdi.

Mazkur inshootlar ikkita 5 qavatli binodan iborat bo‘lib, bolalar va kattalar uchun mo‘ljallangan. Har bir korpus 14 ta transplantasiya, 14 ta reanimasiya o‘rinlari, 4 ta operasiya xonasi, molekulyar-genetik va klinik laboratoriyalardan iborat bo‘ladi.

Vazir qurilish jarayonida rejadagi ishlarni vaqtida yakunlash uchun grafik asosida faoliyatni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha topshiriq berdi.

Shundan so‘ng vazirlik mas’ullari Bolalar gematologiyasi, onkologiyasi va klinik immunologiyasi markazi hududida qurilgan yana bir ob’ekt – nur terapiyasi bo‘limini ko‘zdan kechirdi. Binoda olib borilayotgan montaj ishlarini tezlashtirish bo‘yicha tegishli topshiriqlar berildi.

Bundan tashqari, muassasa hududida rentgen, MRT, MSKT bo‘limlari, bolalar va kattalar markazlari uchun alohida 2 ta hostel binolari ham barpo qilinmoqda.

Ushbu hostellar uzoq hududlardan kelgan bemorlar va ularning yaqinlari uchun mo‘ljallangan bo‘lib, bu yerda kunduzgi stasionar sharoitida davolanayotganlar uchun sharoit va imkoniyatlar ham yaratiladi.

Vazir binolar qurilishi bilan tanishar ekan, ularning kanalizasiya va elektr tizimlariga alohida e’tibor berish, kelgusida muassasa faoliyatida energiya resurslari uzilishlariga yo‘l qo‘ymaslik uchun hozirdan zarur choralarni ko‘rib borish lozimligini ta’kidladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!