«SRK Consulting» kompaniyasining xulosasiga ko‘ra, “Yoshlik-1” koni dunyoda ma’dan tarkibida oltin hajmi bo‘yicha yirik kon, deya tan olindi

«SRK Consulting» kompaniyasining xulosasiga ko‘ra, “Yoshlik-1” koni dunyoda ma’dan tarkibida oltin hajmi bo‘yicha yirik kon, deya tan olindi

Axborot va ommaviy kommunikasiyalar agentligi tomonidan Olmaliq kon-metallurgiya kombinati bilan hamkorlikda davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari axborot xizmati rahbarlari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari uchun press-tur tashkil etildi.

Unda ishtirokchilar “Olmaliq KMK” AJ Axborot xizmati faoliyati hamda kombinat tomonidan amalga oshirilayotgan loyihalar, jumladan, O‘zbekiston tarixidagi eng yirik investisiya loyihalaridan biri bo‘lgan “Yoshlik 1” konini o‘zlashtirish jarayonlari bilan tanishdilar.

Ma’lumki, Olmaliq kon-metallurgiya kombinati – mis-molibden, polimetall va oltin tarkibli ma’danlarni qazib olish va qayta ishlash bo‘yicha O‘zbekistonda va Markaziy Osiyoda yetakchi sanalib, mis mahsulotlarini ishlab chiqarish bo‘yicha dunyodagi 30 ta yirik korxona safiga kiradi.

Bu yerda yiliga 148 ming tonnadan ortiq mis katodi, 90 ming tonna rux metali, shuningdek, oltin va kumush qimmatbaho metallari, molibden, volfram, reniy, selen, tellur va kadmiy kabi noyob metallar ishlab chiqariladi. OKMK 17 xil mahsulotni 16 ta xorijiy davlatga eksport qiladi.

Ma’dan tarkibida oltin hajmi bo‘yicha kombinat zahiralari 1-o‘rinda, mis konlaridagi ma’dan o‘rtacha oltin tarkibi bo‘yicha 2-o‘rin, ma’dan hajmi bo‘yicha 3-o‘rin, tarkibidagi mis hajmi bo‘yicha 6-o‘rinni egallaydi.

35 mingdan ziyod ishchi-xodim faoliyat yuritayotgan kombinat tarkibida 6 ta konchilik korxonasi, 5 ta boyitish fabrikasi, mis eritish va rux zavodlari, Nodir metallar va qattiq qotishmalari ilmiy-ishlab chiqarish birlashmasi, markaziy ta’mirlash-mexnika zavodi, ohak zavodi, sanoat temiryo‘l transport boshqarmasi, avtomobil va texnologik transport boshqarmalari, iste’mol mollari ishlab chiqarish boshqarmasi, shuningdek, 20 dan ortiq yordamchi sex va laboratoriyalar mavjud.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!