"Sputnik V" vaksinasini O‘zbekistonda qaysi korxona ishlab chiqarishi ma’lum bo‘ldi

"Sputnik V" vaksinasini O‘zbekistonda qaysi korxona ishlab chiqarishi ma’lum bo‘ldi

"Sputnik V"ni O‘zbekistonda ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish masalasi bir necha oydan buyon Rossiya va O‘zbekiston bosh vazirlari, sog‘liqni saqlash vazirlari tomonidan muhokama qilib kelinayotgan edi.

Rossiya va O‘zbekiston "Sputnik V" vaksinasini Toshkentdagi Jurabek Laboratories korxonasida ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish masalasini ko‘rib chiqmoqda. Bu haqida Rossiya hukumati apparatida xabar qilishdi.

"Sputnik V" vaksinasini Jurabek Laboratories (Toshkent) korxonasida ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish masalasini ko‘rib chiqilmoqda”, - deyilgan Vazirlar Mahkamasi xabarida.

Rossiya va O‘zbekiston "Sputnik V" vaksinasini O‘zbekistonda ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish borasida bir necha oydan buyon muzokaralar olib borayotgan edi. Bosh vazirlar, sog‘liqni saqlash vazirlari uchrashuvlari doirasida ushbu masala bir necha bor ko‘tarilgan, rossiyalik mutaxassislar O‘zbekistonga tashrif buyurib ishlab chiqarish maydonchalarini ko‘zdan kechirishgan edi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev qarorga binoan ushbu loyiha uchun 53 million dollar mablag‘ ham ajratilgan.

Keyinroq Rossiya Sog‘liqni saqlash vaziri Mixail Murashko zayavil O‘zbekiston va Rossiya vaksina ishlab chiqarishni mahalliylashtirishga kelishib olishgani va buning uchun ishlab chiqarish maydonchasi ham tanlangani haqida ma’lum qilgan edi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda 1 apreldan ommaviy vaksinasiya boshlangan. Birinchi navbatda keksalar, o‘qituvchilar, ichki ishlar xodimlari va aholining boshqa “xatarli” guruhlari emlanishi belgilangan. Ayni damda O‘zbekistonda Britaniya-Shvesiyaning AstraZeneca, Xitoy va O‘zbekiston tomonidan ishlab chiqilgan ZF-UZ-VAC2001 va Rossiyaning "Sputnik V" vaksinalaridan foydalanilmoqda.Bugungi kunga qadar 1,6 milliondan ortiq kishi emlangan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!