Spirtli ichimliklar koronavirusga chalinishni pasaytiradimi?

Spirtli ichimliklar koronavirusga chalinishni pasaytiradimi?

Butun jahon sog‘likni saqlash tashkiloti vakili Toriq Yazerivich har qanday turdagi alkogolli ichimliklarni ichish koronavirusni bilan zararlanishga qarshi kurasha olmasligini bildirdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, spirtli ichimliklar, aksincha, insonni yomonroq ahvolga soladi.

“Aksincha, ko‘p miqdorda spirtli ichimliklarni iste’mol qilish – alkogoldan zaharlanishga olib kelishi mumkin,” — deydi Yazerevich.

“Gazeta.ru”ning yozishicha, JSST vakili koronavirusni yuqtirib olmaslikning yo‘li shifokorlar tavsiya qilgan shaxsiy gigiyenaga amal qilish ekanligini aytdi.

So‘nggi soatlargacha Covid-2019 koronavirusiga chalinganlar soni 60 300 kishidan oshdi, kasallikdan o‘lganlarning umumiy soni 1 426 kishiga (13 fevral holatiga ko‘ra), butunlay sog‘ayib ketganlar soni esa 6 061 kishiga yetdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!