Soliq to‘lovchilar tomonidan farzandlarining O‘zbekiston ta’lim tashkilotlarida ta’lim olishlari uchun yo‘naltiriladigan to‘lovlar soliq solinmaydi — Prezident farmoni

A A A
Soliq to‘lovchilar tomonidan farzandlarining O‘zbekiston ta’lim tashkilotlarida ta’lim olishlari uchun yo‘naltiriladigan to‘lovlar soliq solinmaydi — Prezident farmoni

Yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasini amalga oshirish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni

Yurtimizda 2023 yil 30 aprel kuni o‘tkazilgan referendumda yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi ishtirok etgan fuqarolarning 90,21 foizi tomonidan yoqlab ovoz berish orqali qabul qilinganligi unda xalqimizning Yangi O‘zbekistonni barpo etish bo‘yicha orzu-umidlari va intilishlari o‘z aksini topganligidan dalolat bermoqda.

Yangi tahrirdagi Konstitusiya Yangi O‘zbekiston strategiyasini amalga oshirishning siyosiy-huquqiy asoslarini yaratib, milliy davlatchilik taraqqiyotining tarixiy muhim bosqichida davlat va jamiyatni yanada rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlarini belgilab berdi.

Referendum ko‘p millatli buyuk xalqimizning birdamligi va hamjihatligi, suveren, demokratik, huquqiy, ijtimoiy va dunyoviy davlat qurishga qat’iy qaror qilganligining ishonchli ifodasi bo‘ldi.

Xususan, Konstitusiyada davlat qurilishining yangi strategik maqsadi – ijtimoiy davlat qurish ekanligi belgilab berildi, ijtimoiy adolat va birdamlik prinsiplari joriy etildi, inson huquq va erkinliklarini himoya qilishning mutlaqo yangi mexanizmlarini nazarda tutuvchi konstitusiyaviy asoslar mustahkamlandi.

Hokimiyatlar bo‘linishi prinsipi hamda o‘zaro tiyib turish va manfaatlar muvozanati tizimining zamonaviy konsepsiyasini hisobga olgan holda, Oliy Majlis, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumati o‘rtasida vakolatlar qayta taqsimlandi. Joylarda hokimlar va xalq deputatlari Kengashlari vakolatlari taqsimlanishiga asoslangan davlat hokimiyatini tashkil etishning yangi modeli nazarda tutildi.

Yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasini so‘zsiz va to‘liq amalga oshirish, unda mustahkamlangan ustuvor prinsiplarni Yangi O‘zbekiston ulug‘vor g‘oyasiga hamohang tarzda ro‘yobga chiqarish, davlat organlarining faoliyatini yangicha konstitusiyaviy-huquqiy sharoitlarda yo‘lga qo‘yish, fuqarolar o‘z hayotida xalq Konstitusiyasi ruhini yaqqol his etib turishini ta’minlash maqsadida:

1. Yangi tahrirdagi Konstitusiyani so‘zsiz va to‘liq amalga oshirish barcha darajadagi davlat organlari va tashkilotlarining birinchi navbatdagi ustuvor vazifasi etib belgilansin.

2. Belgilab qo‘yilsinki:

davlat organlari va tashkilotlarining rahbarlari yangi tahrirdagi Konstitusiyani amalga oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar ijrosini o‘z vaqtida ta’minlash uchun shaxsan javobgar hisoblanadi;

yangi tahrirdagi Konstitusiya oliy yuridik kuchga ega ekanligidan kelib chiqib, davlat organlari va tashkilotlari, shu jumladan, sud va huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyatida to‘g‘ridan-to‘g‘ri va so‘zsiz qo‘llaniladi;

yangi tahrirdagi Konstitusiya normalarini ularni amalga oshirish uchun boshqa qonunchilik hujjatlarining mavjud emasligi yoki qonunchilikka Konstitusiyaga muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilmaganligi vaji bilan qo‘llashni rad etish qat’iyan taqiqlanadi.

3. Yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasidan kelib chiqadigan vazifalarni amalga oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi (keyingi o‘rinlarda – dastur) 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

4. Quyidagilar:

Yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasining ustuvor g‘oyalarini ro‘yobga chiqarish va normalarini hayotga tatbiq etish bo‘yicha Davlat komissiyasi (keyingi o‘rinlarda – Davlat komissiyasi) 2-ilovaga muvofiq tarkibda;

Yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasidagi suveren, demokratik, huquqiy, ijtimoiy va dunyoviy davlat prinsiplarini izchil amalga oshirish bo‘yicha ekspertlik kengashlari (keyingi o‘rinlarda – ekspertlik kengashlari) 3–7-ilovalarga muvofiq tarkiblarda tuzilsin.

5. Belgilansinki, Davlat komissiyasi:

yangi tahrirdagi Konstitusiya va dasturni amalga oshirishga qaratilgan chora-tadbirlar o‘z vaqtida va sifatli o‘tkazilishini ta’minlaydi;

davlat organlari va tashkilotlari, ekspertlik kengashlarining yangi tahrirdagi Konstitusiya va dasturni amalga oshirish borasidagi faoliyatini muvofiqlashtiradi;

yangi tahrirdagi Konstitusiya va dasturni amalga oshirishda keng jamoatchilik, fuqarolik jamiyati institutlari, ilmiy doiralar va xorijiy ekspertlar ishtirok etishi uchun shart-sharoitlar yaratadi;

yangi tahrirdagi Konstitusiyani amalga oshirish doirasida qilingan ishlarni kengaytirilgan tarzda yiliga kamida ikki marotaba tanqidiy muhokama qilib boradi hamda davlat organlari va tashkilotlari, ekspertlik kengashlari rahbarlarining hisobotlarini eshitadi.

6. Ekspertlik kengashlari (T.Narbayeva, N.Ismoilov, N.Yo‘ldoshev, J.Qo‘chqorov, A.Tashkulov):

2024 yil 1 yanvarga qadar o‘rta va uzoq istiqbolli suveren, demokratik, huquqiy, ijtimoiy va dunyoviy davlatni rivojlantirish konsepsiyalari ishlab chiqilishi va Davlat komissiyasiga kiritilishini ta’minlasin;

yangi tahrirdagi Konstitusiyada mustahkamlangan suveren, demokratik, huquqiy, ijtimoiy va dunyoviy davlatning ustuvor prinsiplari ishlab chiqilayotgan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarida aks ettirilishi ustidan monitoring olib borsin;

yangi tahrirdagi Konstitusiya va dasturning amalga oshirilishi yuzasidan har chorakda Davlat komissiyasiga hisobot kiritib borsin.

7. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Qonunchilik va huquqiy siyosat instituti yangi tahrirdagi Konstitusiyani amalga oshirish jarayonini axborot-tahliliy, ilmiy va ekspertlik jihatdan ta’minlash uchun mas’ul etib belgilansin va uning zimmasiga quyidagi qo‘shimcha vazifalar yuklatilsin:

yangi tahrirdagi Konstitusiyaga muvofiq ishlab chiqilgan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ilmiy ekspertizadan o‘tkazish;

davlat organlari, ayniqsa, sud va huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyatida yangi tahrirdagi Konstitusiya normalarining to‘g‘ridan-to‘g‘ri qo‘llanishi holatini monitoring qilib borish;

yangi tahrirdagi Konstitusiya asosida yangi o‘quv dasturlari, darsliklar va boshqa qo‘llanmalarni tayyorlash bo‘yicha ilmiy-metodik chora-tadbirlarni muvofiqlashtirish.

8. Oliy Majlis palatalari va siyosiy partiyalarning Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va mahalliy Kengashlar deputatlari korpusini shakllantirishning majoritar-proporsional shakliga asoslangan saylov tizimini joriy etish haqidagi takliflari ma’qullansin.

Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga bir oy muddatda majoritar-proporsional shaklga asoslangan saylov tizimiga o‘tishni nazarda tutuvchi qonun loyihasini ishlab chiqish tavsiya etilsin.

9. Yangi tahrirdagi Konstitusiyaning 32-moddasida belgilangan mamlakat bo‘ylab erkin harakatlanish, turar va yashash joyini tanlash huquqi to‘liq ro‘yobga chiqarilishini ta’minlash maqsadida:

Vazirlar Mahkamasi (A. Aripov) ikki oy muddatda “Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga olinishi lozim bo‘lgan shaxslar – O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari toifalarining ro‘yxati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish bo‘yicha qonun loyihasini Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga kiritsin;

Ichki ishlar vazirligi (P. Bobojonov) bir oy muddatda fuqarolarni yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga olishda xabardor qilish tartibini joriy etishga qaratilgan mutlaqo yangi mexanizmlarni nazarda tutuvchi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoni loyihasini taqdim qilsin.

10. Yangi tahrirdagi Konstitusiyaning 78-moddasida belgilangan bolalar va yoshlarda xalqning boy madaniy merosidan faxrlanish, Vatanga bo‘lgan mehr-muhabbat tuyg‘ularini shakllantirishga oid qoidalarni amalga oshirish maqsadida 2023 yil 1 sentyabrdan boshlab respublika fuqarosi hisoblangan va 18 yoshgacha bo‘lgan bolalarning madaniy meros ob’ektlariga, jumladan ko‘rgazmalar, tarixiy obidalar va ziyoratgohlar, shuningdek, davlat muzeylariga to‘lovsiz kirish tartibi joriy etilsin.

Oliy Majlis palatalariga bola huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini ta’minlash hamda himoya qilish, bolaning jismoniy, aqliy va madaniy jihatdan to‘liq rivojlanishi uchun munosib shart-sharoitlarni yaratish maqsadida “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Bola huquqlari bo‘yicha vakili (Bolalar ombudsmani) to‘g‘risida”gi qonun loyihasini qisqa muddatda qabul qilish tavsiya etilsin.

11. Fuqarolarning yangi tahrirdagi Konstitusiyaning 50-moddasida belgilangan ta’lim olish huquqlari kafolatlarini yanada kuchaytirish maqsadida 2023 yil 1 avgustdan boshlab soliq to‘lovchilar tomonidan yoshidan qat’i nazar farzandlarining O‘zbekiston Respublikasi ta’lim tashkilotlarida ta’lim olishlari uchun yo‘naltiriladigan to‘lovlar soliq solinmaydigan daromadlar toifasiga kiritilsin.

12. Yangi tahrirdagi Konstitusiyaning 41, 65–67-moddalari talablaridan kelib chiqib, shuningdek, mulkiy huquqlarning ishonchli himoyasini ta’minlash, ushbu huquqlarni cheklayotgan omillarni bartaraf etish, mulkiy munosabatlarga asossiz aralashuvga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida 2023 yil 1 iyundan boshlab quyidagilar bekor qilinsin:

to‘lov xizmatlarini ko‘rsatuvchi tashkilotlar jismoniy shaxslar o‘rtasida pul o‘tkazmalari amalga oshirilganda, ularga ko‘rsatilgan xizmatlar uchun elektron hisobvaraq-fakturalar taqdim etish
va rasmiylashtirish tartibi;

chakana savdo va xizmat ko‘rsatish ob’ektlarining faoliyat ko‘rsatish vaqtiga nisbatan cheklovlar.

13. Iqtisodiyot va moliya vazirligi (SH. Kudbiyev) Markaziy bank (M. Nurmuratov), Investisiyalar, sanoat va savdo vazirligi (L. Kudratov), Tabiat resurslari vazirligi (A. Abduxakimov) bilan birgalikda ikki oy muddatda “yashil moliyalashtirish” mexanizmlarini tatbiq etish bo‘yicha qaror loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin va unda shu jumladan “yashil sertifikat”, “yashil kreditlar” va xalqaro tajribada keng foydalaniladigan boshqa institutlarni nazarda tutsin.

14. Yangi tahrirdagi Konstitusiyaning 55-moddasida belgilangan har bir shaxsning o‘z huquq va erkinliklarini sud orqali himoya qilish huquqi kafolatlarini yanada kuchaytirish maqsadida 2024 yil 1 yanvardan boshlab, ma’muriy sudlarga shikoyat qilishda fuqaro va tadbirkorlik sub’ektlaridan davlat bojini undirmaslik, bunda davlat bojini ishni ko‘rib chiqish natijasi bo‘yicha aybdor tarafdan undirish tartibi joriy etilsin.

Oliy sud (B. Islamov) Adliya vazirligi (A. Tashkulov), Iqtisodiyot va moliya vazirligi (SH. Kudbiyev) bilan birgalikda 2023 yil 1 oktyabrga qadar ushbu bandda nazarda tutilgan masala bo‘yicha qonun loyihasini Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga kiritsin.

15. Yangi tahrirdagi Konstitusiyaning 21-moddasida belgilangan huquqiy ta’sir choralarini qo‘llashda mutanosiblik prinsipini hayotga tatbiq etish maqsadida Adliya vazirligi (A. Tashkulov) Oliy sud (B. Islamov), Bosh prokuratura (N. Yo‘ldoshev), Ichki ishlar vazirligi (P. Bobojonov) hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligi (SH. Kudbiyev) bilan birgalikda:

ikki oy muddatda ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi qonunchilikda shartnomaviy va boshqa fuqaroviy-huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan javobgarlik choralarini bekor qilish;

2024 yil 1 yanvarga qadar qonunchilik bazasini to‘liq xatlovdan o‘tkazib, unda belgilangan huquqiy ta’sir choralarini mutanosiblik prinsipiga muvofiqlashtirish bo‘yicha takliflar kiritsin.

16. Adliya vazirligi (A. Tashkulov) Iqtisodiyot va moliya vazirligi (SH. Kudbiyev), Oliy sud (B. Islamov) va Bosh prokuratura (N. Yo‘ldoshev) bilan birgalikda ikki oy muddatda yangi tahrirdagi Konstitusiyaning 29-moddasida belgilangan davlatning huquqbuzarliklardan jabrlanganlarga yetkazilgan zararning o‘rni qoplanishi uchun shart-sharoitlarni yaratish majburiyati to‘liq ro‘yobga chiqarilishini ta’minlashga qaratilgan mexanizmlarni nazarda tutuvchi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasini ishlab chiqsin va belgilangan tartibda kiritsin.

17. Yangi tahrirdagi Konstitusiyaning 26-moddasida belgilangan insonning sha’ni va qadr-qimmati daxlsizligi kafolatlarini yanada mustahkamlash maqsadida Bosh prokuratura (N. Yo‘ldoshev) Ichki ishlar vazirligi (P. Bobojonov), Oliy sud (B. Islamov) va Davlat xavfsizlik xizmati (A. Azizov) bilan birgalikda 2023 yil 1 avgustga qadar qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasini qo‘llashda shaxsni hibsxonaga joylashtirishdan oldin majburiy tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish tartibini joriy etish bo‘yicha asoslantirilgan takliflarni kiritsin.

Yangi tahrirdagi Konstitusiya 142-moddasi talablaridan kelib chiqib:

a) jinoyat prosessida himoyachining maqomini kuchaytirish maqsadida, unga quyidagi qo‘shimcha huquq va vakolatlar berilsin:

surishtiruv va dastlabki tergovda himoyachi tomonidan istalgan vaqtda jinoyat ishini qo‘zg‘atish va tugatish haqidagi qarorlardan nusxa olish;

ko‘rsatmalarni oldindan mustahkamlab qo‘yish (deponirovaniYE) uchun sudga to‘g‘ridan-to‘g‘ri iltimosnoma kiritish;

tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilayotgan shaxslarga malakali yuridik yordamdan foydalanish huquqini kafolatlash maqsadida tergovga qadar tekshiruv jarayonida himoyachi maqomida ishtirok etish;

ish bo‘yicha shartnoma asosida sud ekspertizalari o‘tkazilishini va zarur bilimga ega mutaxassislar jalb qilinishini tashkillashtirish;

jinoyat ishi bo‘yicha ma’lumotlarga ega shaxslarni so‘rovdan o‘tkazishda ularning roziligi bilan maxsus texnika vositalaridan foydalanish;

b) advokatura sohasiga yosh kadrlarni faol jalb qilish maqsadida 2023 yil 1 sentyabrdan boshlab oliy ta’lim tashkilotlari yurisprudensiya yo‘nalishida tahsil olayotgan bitiruvchi kurs talabalariga advokatlik tuzilmalarida mehnat qonunchiligiga muvofiq o‘qishdan bo‘sh vaqtda advokat yordamchisi sifatida ish faoliyatini olib borishga ruxsat etilsin.

Adliya vazirligi (A. Tashkulov) Oliy sud (B. Islamov) va Bosh prokuratura (N. Yo‘ldoshev), Davlat xavfsizlik xizmati (A. Azizov), Ichki ishlar vazirligi (P. Bobojonov) bilan birgalikda ikki oy muddatda himoyachining huquq va vakolatlarini kengaytirishni, advokat yordamchisi sifatida ish faoliyatini olib borish tartibini takomillashtirishni nazarda tutuvchi qonun loyihasini belgilangan tartibda kiritsin.

19. Bosh prokuratura (N. Yo‘ldoshev) Ichki ishlar vazirligi (P. Bobojonov), Milliy gvardiya (R. Djurayev), Davlat xavfsizlik xizmati (A. Azizov) bilan birgalikda bir oy muddatda ushlangan va tergov ostida bo‘lgan shaxsning konstitusiyaviy prosessual huquqlarini batafsil tushuntirib beruvchi ko‘rgazmali materiallarning huquqni muhofaza qiluvchi organlar, shu jumladan, tergov idoralari binolarida fuqarolarga ko‘rinadigan tarzda joylashtirilishini ta’minlasin.

20. Ta’limni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi (X. Umarova), Oliy ta’lim, fan va innovasiyalar vazirligi (I. Abduraxmanov), Adliya vazirligi (A. Tashkulov) va boshqa manfaatdor idoralar bilan birgalikda 2023/2024 o‘quv yili boshlanguniga qadar:

barcha ta’lim turlari va bosqichlaridagi Konstitusiyani o‘rganish bo‘yicha o‘quv rejalari va ta’lim dasturlarini qayta ko‘rib chiqish va ularni yangi tahrirdagi Konstitusiya norma va qoidalariga moslashtirish;

o‘quvchilarga, yosh xususiyatlarini hisobga olgan holda, yangi tahrirdagi Konstitusiyani o‘rgatish bo‘yicha zamonaviy metodika asosida darsliklar, o‘quv qo‘llanmalari va maxsus adabiyotlarni yaratish choralarini ko‘rsin.

Mazkur banddagi chora-tadbirlarni amalga oshirish bilan bog‘liq xarajatlar Davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan qoplansin.

21. Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi (G‘.Mirzayev) Adliya vazirligi (A.Tashkulov), Sudyalar oliy kengashi (X.Yodgorov) va huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan birgalikda bir oy muddatda quyidagilarni nazarda tutuvchi 2023–2024 yillarda yangi tahrirdagi Konstitusiya bo‘yicha davlat fuqarolik xizmatchilari va sud-huquq tizimi xodimlarini o‘qitish rejasini tasdiqlasin:

alohida grafik asosida barcha bo‘g‘indagi davlat fuqarolik xizmatchilari va sud-huquq tizimi xodimlariga yangi tahrirdagi Konstitusiyaning mazmun-mohiyatini o‘qitishni tashkil etish;

davlat fuqarolik xizmatchilari va sud-huquq tizimi xodimlarining konstitusiyaviy madaniyati, huquqiy savodxonligini oshirish va baholash tizimini yangi tahrirdagi Konstitusiyaga moslashtirish nuqtai nazaridan qayta ko‘rib chiqish.

22. Oliy Majlis palatalari, Konstitusiyaviy sud, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Qonunchilik va huquqiy siyosat instituti hamda Inson huquqlari bo‘yicha Milliy markazning yangi tahrirdagi Konstitusiyaning moddama-modda ilmiy-amaliy sharhini tayyorlash to‘g‘risidagi taklifi ma’qullansin.

Yangi tahrirdagi Konstitusiyaning moddama-modda ilmiy-amaliy sharhini tayyorlash bo‘yicha tahrir kengashi 8-ilovaga muvofiq tarkibda shakllantirilsin va uning ishchi organi etib O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Qonunchilik va huquqiy siyosat instituti belgilansin.

Tahrir kengashi (M. Raxmankulov):

sharhni tayyorlashda yangi tahrirdagi Konstitusiyaning ko‘p millatli xalqimizni birlashtirishdagi salohiyatini, unda o‘z aksini topgan suveren, demokratik, huquqiy, ijtimoiy va dunyoviy davlat prinsiplarini, inson huquq va erkinliklarini himoya qilishning yangi mexanizmlarini ochib berishga, shuningdek, uning matni aholining keng qatlamlari, ayniqsa, yoshlar uchun tushunarli va sodda tilda bo‘lishiga e’tibor qaratsin;

etakchi milliy va xorijiy ekspertlar, huquqshunoslar va davlat arboblarini jalb etgan holda, 2023 yil 1 dekabrga qadar sharh matni tayyorlanishini hamda o‘zbek va xorijiy tillarda chop etilishini ta’minlash choralarini ko‘rsin.

23. Raqamli texnologiyalar vazirligi (SH.Shermatov) O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Qonunchilik va huquqiy siyosat instituti (M.Raxmankulov) va Adliya vazirligi (A.Tashkulov) 2023 yil 1 iyunga qadar o‘zbek va xorijiy tillarda “Yangi O‘zbekiston Konstitusiyasi” yagona milliy portali (keyingi o‘rinlarda – portal) va uning mobil ilovasi ishga tushirilishini ta’minlasin.

Bunda, portal va uning mobil ilovasida fuqaro va tadbirkorlar uchun qonunchilikni yangi tahrirdagi Konstitusiyaga muvofiqlashtirish hamda uni amalga oshirishda yuzaga kelayotgan muammolarni bartaraf etish bo‘yicha takliflarni taqdim etish imkoniyati nazarda tutilsin.

24. Adliya vazirligi (A.Tashkulov) O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Qonunchilik va huquqiy siyosat instituti (M.Raxmankulov) bilan birgalikda uch oy muddatda qonunosti hujjatlarini xatlovdan o‘tkazish hamda portalga kelib tushgan takliflarni umumlashtirish natijalariga ko‘ra yangi tahrirdagi Konstitusiyaga muvofiqlashtirilishi lozim bo‘lgan normalarni qayta ko‘rib chiqish bo‘yicha takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.

25. O‘zbekiston Milliy axborot agentligi va O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasiga ommaviy axborot vositalarida yangi tahrirdagi Konstitusiyaning hayotga tatbiq etib borilishi, shu jumladan aholining turmushidagi ijobiy o‘zgarishlarni keng yoritish tavsiya etilsin.

26. Mazkur Farmon ijrosini samarali tashkil qilishga mas’ul va shaxsiy javobgar etib dasturda ijrochi sifatida nazarda tutilgan vazirliklar, idoralar va ekspertlik kengashlari rahbarlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimlari belgilansin.

Farmon ijrosini muhokama qilib borish, ijro uchun mas’ul tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N.Aripov va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administrasiyasi rahbari S.U.Umurzakovga yuklansin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti SH. Mirziyoyev


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

Eronda bir baqqol do‘koni oynasida shunday yozuv ilgan:

«Бу хаёлий маҳсулот эмас. Агар эҳтиёжинг бўлса, ол — урушдан кейин тўлайсан.»

Go‘sht narxi keskin oshmoqda

Ўзбекистонда гўшт нархи сўнгги вақтларда сезиларли қимматлашди.

JCH-2026ni o‘tkazib yuboradigan eng qimmat futbolchilar reytingi tuzildi

Transfermarkt мутахассислари ўзига хос рейтингини эълон қилишди.

AQSh razvedkasi Trampni ogohlantirgan — Professor Jon Mirshaymer

Жон Миршаймернинг айтишича, АҚШ разведкаси Дональд Трампга Эрон билан уруш яхши натижа бермаслигини олдиндан айтган.

Tramp Saudiya shahzodasi haqida keskin bayonot qildi

Дональд Трамп Муҳаммад ибн Салмон ҳақида кескин ва баҳсли баёнот берди.

Turkiya AQShni ogohlantirdi!

Агар курдлар Эронга қарши ҳужумларда иштирок этса, дарҳол ҳарбий жавоб бўлади.

Rossiya Ukraina borasida Janubiy Koreyani jiddiy ogohlantirdi

Бу ҳақда Россия ташқи ишлар вазири ўринбосари Андрей Руденко маълум қилди.

"Bu yolg‘on. Men uning gaplarini eshitdim va..."

Ушбу баёнот Парижда бўлиб ўтган "G7" давлатлари ташқи ишлар вазирлари учрашувидан сўнг оммага олиб чиқилди.

O‘zbek klublariga milliardlar ajratildi

Ўзбекистон футболида катта ўзгаришлар даври бошланмоқда. Президентнинг янги қарорига мувофиқ, Суперлига клубларини молиявий соғломлаштириш ва босқичма-босқич хусусий секторга ўтказиш бўйича аниқ «йўл харитаси» белгиланди.

OAV: Saudiya Arabistoni urush sabab AQShga chaqiriq bilan chiqdi

Бу ҳақда The Guardian Саудия разведка манбасига таяниб хабар берди.

Mashhur model Husanovga uchrashuv taklif qildi

Ўзбекистон миллий терма жамоаси ва “Манчестер Сити” ҳимоячиси Абдуқодир Ҳусанов туғилган куни муносабати билан табрикларни олишни давом этмоқда.

Qadr kechasi qaysi kunga to‘g‘ri keladi?

Рамазон ойининг охирги 10 кунлиги бошланди.

Eronda 19 yoshli sportchi dorga osib qatl etildi

19 ёшли Солиҳ Муҳаммадий — Эрон ёшлар терма жамоаси аъзоси ва 2024 йил халқаро мусобақалар совриндори — яна икки йигит билан бирга дорга осиб қатл этилди.

Erling Xoland o‘ziga yangi jamoa tanladi

Бу ҳақда Football365 портали журналистлари хабар бермоқда.

Netanyaxu Isroildan qochib ketdi

У Эрон баллистик ракета отишидан олдин қочишга улгурибди.

Polsha nashri Alisher Usmonovning singlisi muhokama etilgan Lavrov va Siyyarto o‘rtasidagi suhbat yozuvini e’lon qildi

Айни пайтда мазкур аудиоёзув Европа ва Украина матбуотида кенг муҳокама этилмоқда.

Zelenskiy: "Ukraina Rossiya bilan kelishuvning har qanday shakliga tayyor"

Ўт очишни тўхтатишнинг барча кўринишларига, шу жумладан, Пасха байрами кунларида ҳам жангларни тўхтатишга розимиз.

Tramp neft taqchilligini boshdan kechirayotgan mamlakatlarga taklif berdi

Ўзингизни ўзингиз ҳимоя қилишни ўрганишни бошлашингизга тўғри келади.

Eron vise-prezidenti: "Quruqlikdagi operasiya o‘tkazilsa, AQSh qo‘shinlarining qaytishi Tehronga bog‘liq bo‘ladi"

Муҳаммад Ризо Ариф Al Jazeera телеканалида АҚШ президенти Дональд Трамп Америка қўшинларини Харк оролига жойлаштиришга қарор қилиши мумкинлигини, аммо уларнинг қайтиши Вашингтонга эмас, балки Теҳронга боғлиқлигини айтди.

Vashingtondagi Kapitoliy binosi ro‘parasida ulkan oltin unitaz haykali paydo bo‘ldi

Бу инсталляция пастга қараб, муаммони кўра билган ва уни олтин рангга бўяган узоқни кўрадиган шахсга эҳтиром рамзидир

Andijonda qalbaki dori vositalari tayyorlovchi 3 ta yashirin laboratoriya aniqlandi

Дастлабки маълумотларга кўра, мазкур маҳсулотлар Қирғиз Республикасидан ноқонуний равишда олиб кирилган бўлиб, уларнинг бир қисми ярим тайёр, яна бир қисми эса қайта ишланган ҳолатда бўлган.

Misr kemasi Rossiyaning "Arktik Metagaz" gaz tashuvchisini tortib olayotgani xabar qilindi

Ливия Фавқулодда вазиятлар қўмитаси маълумотига кўра, кема ҳозирда қирғоқдан 62 мил узоқликда жойлашган.

Isroil hujumlarida Livanda halok bo‘lganlar soni 1 247 nafarga yetdi

Сўнгги 24 соатда Исроил қўшинлари Ливан ҳудудига амалга оширган ҳаво ҳужумлари натижасида камида тўққиз киши ҳалок бўлди.

NATO: Hamisha ittifoqchilarimizni himoya qilish uchun zarur choralarni qo‘llaymiz

НАТО бугунги кунда Ирондан Туркияга йўналтирилган ракетани ишга тушириш ҳолатига муносабат билдирди.

Ozarbayjonda fojiaviy voqea: erkak onasini o‘ldirib, o‘zini yoqib yubordi

Озарбайжонда 33 ёшли эркак шок ҳолатга олиб келган ҳаракати билан фуқаролар эътиборини тортди. У аввало онасига ҳужум қилиб, уни вафот эттирди, кейин эса ўз жонига қасд қилиб, ўзини ёқиб юборди.

AQShdan Eronga ogohlantirish: barcha dron va raketalarni to‘xtatish kerak

АҚШ давлат котиби таъкидлашича, Эрон барча турдаги дронлар ва ракеталарни ишлаб чиқаришни тўхтатиши шарт.

Evropa Ittifoqiga jiddiy ayblov: Ukraina hujumlari uchun havo hududi ochilganmi?

Европа Иттифоқи Украинага Россияга қарши ҳужумларда билвосита ёрдам бераётганликда айбланмоқда.

Erondan ogohlantirish: Hormuz bo‘g‘ozidagi har qanday provokasiya vaziyatni keskinlashtiradi

Эрон ташқи ишлар вазири Аббос Ароқчи Ҳормуз бўғозидаги ҳар қандай провокация минтақадаги вазиятни янада оғирлаштириши мумкинлигини билдирди.

Rossiyadan chaqiriq: Yaqin Sharqdagi urushni zudlik bilan to‘xtatish kerak

Россия ташқи ишлар вазири Сергей Лавров Форс кўрфази мамлакатлари ташқи ишлар вазирлари билан мулоқот ўтказиб, Яқин Шарқдаги вазиятни муҳокама қилди.

Erondan jiddiy ayblov: gumanitar samolyotga hujum ortida AQSh va Isroil bormi?

Эрон Fars ахборот агентлиги орқали АҚШ ва Исроилни гуманитар ёрдам олиб кетаётган фуқаролик самолётига ҳужум қилганликда айблади.

Qashqadaryoda qurilish hududida vafot etgan 12 yoshli qiz ishi bo‘yicha hukm chiqarildi

Қашқадарё вилояти Қарши шаҳрида 2020 йил август ойида содир бўлган фожиали ҳодиса юзасидан суд ҳукми эълон қилинди.

Namanganda 6-sinf o‘quvchisi zo‘rlandi,zo‘ravonlik qilgan shaxs qamoqqa olindi

Наманган вилоятида мактаб ўқувчисига нисбатан содир этилган жинсий зўравонлик жинояти ҳолати Болалар омбудсмани назоратига олинди.

Tramp: "Eron bizga yana bir sovg‘a berdi"

Трамп бу ҳақда журналистларга маълум қилди.

Afg‘onistondagi suv toshqinlari 17 kishining hayotiga zomin bo‘ldi

Бу ҳақда мамлакат Миллий табиий офатларни бошқариш бошқармаси вакили Юсуф Ҳаммад маълум қилди.

Interpol qidiruvida bo‘lgan ikki o‘zbekistonlik Turkiyada qo‘lga olindi

Хабарга кўра, 40 ёшли T.Р. ва 38 ёшли Ф.A. Ўзбекистонда йирик миқдорда фирибгарлик жиноятини содир этгани учун халқаро қидирувда бўлган.

Toshkentda tunda poyga uyushtirgan 2 haydovchi qamaldi

Мазкур кўчадаги камера ёзувлари ва гувоҳларнинг кўрсатмаси асосида ўтказилган суриштирувлар давомида Lacetti русумли автомобилда 27 ёшли Рамиз Исломов ва Onix русумли автомобилда 21 ёшли Азимжон Абдусатторов бўлгани аниқланган.

Parijda Bank of America binosi oldida terakt sodir etilishining oldi olindi

Жиноятчининг иқрор бўлишича, уни Snapchat платформаси орқали 600 евро эвазига ёллашган.

Ukraina terma jamoasi Ispaniyada o‘g‘rilar hujumiga uchradi

Ўйинчилар ва мураббийлар штаби қимматбаҳо соатлар, бир неча минг евролик ҳашаматли буюмлар ва нақд пул йўқолганини аниқлаган.

Xakan Fidan: Yaqin Sharqdagi keskinlik kengroq urushga aylanishi mumkin

Бу ҳақда Туркия ташқи ишлар вазири Хакан Фидан Стамбулда бўлиб ўтган Халқаро стратегик коммуникациялар (STRATCOM) саммитида сўзлаб, маълум қилди.

Keniyada yomg‘ir va sel oqibatida o‘limlar soni 108 ga yetdi

Бу ҳақда мамлакат Миллий полиция хизмати хабар берди.