Sochida dahshatli fojia yuz berdi (Video)

Sochida dahshatli fojia yuz berdi (Video)

Sochidagi Lazarevskiy kurortida dahshatli fojia yuz berdi, deya ma’lum qildi "Darakchi" nashri.

Buvi va nabira yo‘lakdan ketayotgan bir paytda nabira ochiq turgan lyukka tushib ketadi. Bu vaqtda esa paqirlab yomg‘ir yog‘ardi. Sarosimaga tushgan buvi ne qilarini bilmay o‘tkinchilarni yordamga chaqirgan. Ammo buning hech qanday nafi bo‘lmagach, buvining o‘zi nabirasining ortidan o‘zini lyuk ichiga tashlaydi.

Keyinroq bolakayning jasadi topilgan. Buvining taqdiri esa noma’lumligicha qolmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!