SMTI direktori "Markaziy Osiyo + Yaponiya: hozirgi tendensiyalar va istiqbollar" mavzusidagi ekspertlar muloqotida ishtirok etdi

SMTI direktori "Markaziy Osiyo + Yaponiya: hozirgi tendensiyalar va istiqbollar" mavzusidagi ekspertlar muloqotida ishtirok etdi


Joriy yilning 6-mart kuni Ostona shahrida "Markaziy Osiyo + Yaponiya: hozirgi tendensiyalar va istiqbollar" mavzusidagi ekspertlar muloqoti bo‘lib o‘tdi.
Tadbir Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Qozog‘iston strategik tadqiqotlar instituti (QSTI), Yaponiyaning Qozog‘istondagi elchixonasi va Maqsut Narikbayev universiteti hamkorligida tashkil etildi. Unda Markaziy Osiyo davlatlari hamda kunchiqar mamlakat yetakchi tahlil markazlari va ilmiy doiralari vakillari ishtirok etdilar.
E.Aripov o‘z nutqida Yaponiya ishonchli va vaqt sinovidan o‘tgan hamkorimiz hamda Tokioning Markaziy Osiyoning barqaror va izchil taraqqiyotini ta’minlashdagi hissasi beqiyos ekanligini alohida ta’kidladi.
Uning aytishicha, "Markaziy Osiyo mamlakatlari mustaqillikka erishganidan buyon Yaponiyaning mintaqa davlatlariga ko‘rsatgan rasmiy yordami hajmi besh milliard AQSh dollaridan oshdi. Bu mablag‘lar ijtimoiy ahamiyatga ega loyihalarni amalga oshirish, iqtisodiy va ma’muriy islohotlarni qo‘llab-quvvatlash, shuningdek, mintaqaning jahon xo‘jalik aloqalariga integrasiyalashuviga yo‘naltirilgan edi."
Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi (JICA) tomonidan sog‘liqni saqlash, ta’lim, energetika, transport va telekommunikasiya sohalarida bir qator muhim loyihalar amalga oshirilgani ta’kidlandi. SMTI direktori misol tariqasida O‘zbekistonda tashkil etilgan O‘zbekiston-Yaponiya yoshlar innovasiya markazi hamda Inson resurslarini rivojlantirish markazini qayd etib o‘tdi.
Ekspert, shuningdek, savdo-iqtisodiy hamkorlikning jadal rivojlanayotganini ta’kidlab, 2000-yildan buyon Yaponiyaning mintaqa bilan tovar aylanmasi 6 barobarga ko‘payib, 400 million dollardan 2024-yilda 2,4 milliard dollarga yetganini e’tirof etdi.
Eldor Aripovning fikricha mamlakatlar o‘rtasidagi hamkorlikning bunday yuqori natijalarga erishishda muloqotning institusionallashuvi muhim ahamiyat kasb etgan. Yaponiya 2004-yilda tashqi ishlar vazirlari darajasida "Markaziy Osiyo - Yaponiya" muloqotini yo‘lga qo‘ygan ilk davlat bo‘ldi. Bu platforma turli sohalardagi hamkorlikni muhokama qilishda o‘z samarasini ko‘rsatdi. "Aslida, Yaponiya "Markaziy Osiyo plyus" formatlarini yaratishga asos soldi va boshqa hamkorlarni ham o‘z tajribasidan foydalanishga undadi," - deya qo‘shimcha qildi ekspert.
SMTI vakili hamkorlik natijalaridan mamnun ekanligini bildirib, uni yanada rivojlantirish zarurligini alohida ta’kidladi. Uning fikricha, Markaziy Osiyodagi ijobiy o‘zgarishlar ko‘p tomonlama hamkorlikni kengaytirish uchun butunlay yangi istiqbollarni ochib bermoqda.
E.Aripov O‘zbekiston Prezidentining so‘zlaridan iqtibos keltirib, "Bugun Markaziy Osiyo butunlay yangi – jipslashgan va kuchli, muloqot va keng ko‘lamdagi sheriklik uchun ochiq mintaqadir", deya ta’kidladi.
Umumiy mintaqaviy rivojlanishning ustuvor yo‘nalishlarini inobatga olgan holda, SMTI direktori mintaqa davlatlari va Yaponiya kuchlarini birlashtirish zarur bo‘lgan hamkorlikning bir qator istiqbolli yo‘nalishlarini ko‘rib chiqishni taklif etdi.
Birinchidan, Eldor Aripovga ko‘ra, sanoat hamkorligiga oid qo‘shma loyihalarni rivojlantirish alohida dolzarblik kasb etmoqda. Markaziy Osiyoda chegaraoldi savdo-sanoat hududlari, ikki tomonlama investisiya jamg‘armalari muvaffaqiyatli faoliyat yuritib kelmoqda va yirik sanoat tashabbuslar amalga oshirilmoqda. Mutaxassis o‘tgan yil avgust oyida Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlari tomonidan tasdiqlangan 2025-2027 yillarga mo‘ljallangan sanoat hamkorligini rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar rejasiga alohida e’tibor qaratdi. Ushbu hujjat xorijiy hamkorlar, jumladan Yaponiya bilan hamkorlik qilish uchun yangi imkoniyatlar yaratadi.
Ekspert Yaponiyani ilmiy-texnologik sohada peshqadamligini hamda mintaqada innovasiyalarni joriy etishda istiqbolli hamkor ekanligini qayd etdi. U Yaponiyaning yuqori texnologik taraqqiyot tajribasini o‘zlashtirish mexanizmini yaratish muhimligini alohida ta’kidlab o‘tdi.

Ikkinchidan, SMTI direktorining ta’kidlashicha, so‘nggi o‘n yilda Markaziy Osiyo aholisi 20 foizga ko‘payib, 80 million kishiga yetganligi inson kapitalini rivojlantirish muhimligini yanada dolzarblashtirmoqda. Uning aytishicha, mintaqaning yosh aholisi (o‘rtacha 30 yoshgacha) ta’lim bozori uchun keng istiqbollar ochadi, bu esa yaponiyalik hamkorlar uchun yangi imkoniyatlar taqdim etishi mumkin.
E.Aripov bugun Markaziy Osiyoda 50 dan ortiq xorijiy oliy o‘quv yurtlari filiallari muvaffaqiyatli faoliyat yuritayotganini hamda mintaqa davlatlari yagona ta’lim makonini faol shakllantirayotganligini ta’kidlab o‘tdi.
Ekspert ta’lim sohasida Yaponiya bilan hamkorlikni kengaytirishni taklif etdi. Bunda asosiy e’tibor yuqori malakali mutaxassislar tayyorlashga qaratilishi kerakligi ta’kidlandi.
Uchinchidan, E.Aripov ta’kidlaganidek, iqlim o‘zgarishiga bardoshlilik va moslashuvni oshirish ustuvor vazifa bo‘lib qolmoqda. Uning aytishicha, mintaqa iqlim o‘zgarishlariga nisbatan ta’sirchandir: so‘nggi 30 yil ichida bu yerdagi harorat 1,5 darajaga ko‘tarilgan bo‘lib, bu jahon miqyosidagi umumiy ko‘rsatkichdan ikki barobar yuqoridir.
2050-yilga kelib, mintaqadagi suv tanqisligi 30 foizga yetishi mumkin. Bunda suv resurslarining 90 foizdan ortig‘i sug‘oriladigan dehqonchilikka to‘g‘ri keladi va ayni shu sohada suvning 50 foizdan ko‘prog‘i isrof bo‘lmoqda.
SMTI direktorining fikricha, Yaponiya qishloq xo‘jaligi sohasi, innovasion dehqonchilik texnologiyalari va suv resurslarini boshqarish bo‘yicha innovasion yechimlarni ulashish orqali mintaqaning ekologik muammolarga bardoshliligini oshirishda muhim rol o‘ynashi mumkin.
To‘rtinchidan, Eldor Aripovning fikricha, Markaziy Osiyo uchun muvozanatli va izchil "yashil" iqtisodga o‘tish ustuvor ahamiyat kasb etmoqda. Uning ta’kidlashicha, mintaqa qayta tiklanadigan energiya manbalari sohasida sezilarli salohiyatga ega. Masalan, faqat O‘zbekistonning o‘zida 500 gigavatt quyosh, 100 gigavatt shamol va 10 gigavatt gidroyenergetika quvvatini ishlab chiqarish imkoniyati mavjud.
Markaziy Osiyo mamlakatlari toza energiya manbalarini joriy etishda yagona yondashuvlarni shakllantirish maqsadida "Yashil kun tartibi" mintaqaviy dasturini tasdiqlagani ta’kidlandi. Yaponiyaning ushbu sohadagi yutuqlarini inobatga olgan holda, mutaxassis Yapon energiya va resurslarni tejash texnologiyalarini jalb etish orqali hamkorlikni yo‘lga qo‘yish istiqbolli ekanligini bildirdi.
E.Aripovning fikricha, ushbu chora-tadbirlarni amalga oshirish Markaziy Osiyoning barqarorligini oshiradi, mintaqaning ichki salohiyatini ishga tushirish imkonini beradi va kunchiqar yurt bilan hamkorlik uchun keng imkoniyatlar yaratadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

Mashhur aktyor o‘z kvartirasidan o‘lik holda topildi

Унинг энг эсда қоларли ролларидан бири Жим Керри ва Кэмерон Диаз билан бирга суратга тушган "Ниқоб" фильмидаги гангстер Дориан Тирелл роли эди.

FIFA Argentina terma jamoasini 2026 yilgi jahon chempionatidan chetlashtirishi mumkin

Бу ҳақда La Nacion газетаси хабар бермоқда.

DIQQAT! «Damas» va «Labo» haydovchilari ogoh bo‘ling!

Унга кўра, ўтказилган текширувлар натижасида мазкур маҳсулотларнинг сифати амалдаги стандарт талабларига жавоб бермаслиги аниқланган.

Qarshida saunada faoliyat yuritgan fohishaxona aniqlandi

Махсус тадбир пайтида у порaнинг бир қисми ва ашёвий далиллар билан ушланган.

FIFA JCH-2026 qur’asi yuzasidan O‘zbekistonga murojaat qildi

ФИФА матбуот хизмати 2026 йилги жаҳон чемпионати қуръаси натижаларидан кейин Инстаграм орқали Ўзбекистон терма жамоасига мурожаат қилди.

Ming afsus! AQShdagi otishmada o‘zbek talaba halok bo‘ldi

Бу ҳақда Ташқи ишлар вазирлиги расмий вакили маълум қилиб, марҳумнинг оила аъзолари ва яқинларига чуқур ҳамдардлик билдирган.

O‘zbekistonlik futbolchi faoliyatini Yevropa klubida davom ettirishga yaqin

Абдуғани Камолов Қирғизистоннинг “Бишкек Сити” клубини тарк этиб, Косово чемпионати вакили билан шартнома имзолаши кутилмоқда. Бу ҳақда Asia-Sport.uz телеграм канали хабар берди.

Messi Bollivud yulduzi Shohrux Xon bilan uchrashdi (foto)

Аргентина терма жамоаси ва "Интер Майами" юлдузи Лионель Месси Ҳиндистонга 3 кунлик ташриф билан келди.

"Neftchi" bomba transferlar tayyorlamoqda

Суперлиганинг амалдаги чемпиони "Нефтчи" келаси мавсумда ҳам ўз олдига юқори мақсадлар қўймоқда.

Slot bilan mojaro yakunlanganidan keyingi dastlabki o‘yindayoq Saloh APL rekordini o‘rnatdi

"Ливерпуль" форварди Муҳаммад Салоҳ АПЛнинг 16-туридан ўрин олган "Брайтон"га қарши ўйинда бир клуб сафида энг кўп голларда иштирок этиш бўйича Англия Премьер-лигаси рекордини ўрнатди.

2026 yilda oylik, stipendiya, pensiya va nafaqalar oshiriladi

Пенсия тўловларига 86,1 трлн сўм, нафақаларга 14 трлн сўмдан ортиқ маблағ ажратилиши кутилмоқда.

O‘zbekiston bo‘ylab sovuq antisiklon va inversiya uzoqroq davom etadi

Мамлакат ҳудудида кузатилаётган совуқ антициклон таъсири 5 декабрга қадар сақланиб туриши кутилмоқда. Демак, 5 декабрь кунига қадар ёмғирдан дарак йўқ.

Temur Kapadze Indoneziya terma jamoasida qancha maosh oladi?

Ўзбекистон миллий терма жамоаси собиқ бош мураббийи Темур Кападзе Индонезия термасида иш бошлашга яқин турибди.

Fabio Kannavaro Italiya U-17 - O‘zbekiston U-17 o‘yiniga munosabat bildirdi

Ўзбекистон миллий терма жамоаси бош мураббийи Фабио Каннаваро бугунги Ўзбекистон U-17 - Италия U-17 ўйини олдидан ўз Instagram саҳифасига пост жойлади.

Sibirdan Orol dengiziga suv yo‘naltirilishi mumkin

Бу ташаббус “Қуруқлик сув ресурслари” бўйича илмий кенгашининг октябрь ойидаги йиғилишида кўриб чиқилган.

O‘zbekistonning "JCH–2026" guruh bosqichidagi raqibi o‘zgarishi mumkin

ФИФА 2026 йилги Жаҳон чемпионати саралаш босқичида Конго терма жамоаси сафида майдонга тушган айрим футболчиларнинг ўйнаш ҳуқуқини текширмоқда.

Putin ayrim shaxslarning mablag‘larini cheklash to‘g‘risidagi qonunni imzoladi. Ular kimlar?

Ҳукумат Марказий банк билан келишилган ҳолда, оила аъзоларининг ҳар бири учун ойига 10 минг рубль миқдорида лимит белгилаган.

Finlandiya tashvishda: "Agar Ukraina bo‘yicha tinchlik kelishuviga erishilsa..."

Финландия бош вазири Петтери Орпо мамлакат иқтисодиёти жуда ёмон аҳволда эканини, бунинг асосий сабаби Россия томонидан келаётган таҳдидлар билан боғлиқлигини айтди.

Bekobodda piyodani urib yuborib kanalga tashlagan IIB xodimiga xotini ham yordam bergan

Бекобод шаҳар ИИБ катта тезкор вакили мast ҳолда Nexia’да пиёдани уриб кетиб, жабрланувчига ёрдам кўрсатмаган.

To‘satdan kartangizdan pul yechilsa, hayron bo‘lmang!

ATTO компанияси хабар беришича, 3–4 декабрь кунлари амалга оширилган йўл ҳақи учун кечиктирилган тўловлар тизим томонидан ечиб олина бошлайди. ​Сабаби техник носозликлар бўлиб, баъзи тўловлар аввалроқ ечилмай қолган. ​Қўрқманг! Бу хатолик эмас, фақат ўша кунларда сарфлаган ҳақиқий суммагина ечилади.

Namanganda 23 nafar bolaga noqonuniy diniy ta’lim bergan erkak ushlandi

У диний билимларни ижтимоий тармоқлардаги номаълум манбалардан мустақил ўрганган бўлиб, расмий диний маълумотга эга бўлмаган.

«Qirg‘iziston aeroportlari» beshta xizmatdan chiqqan samolyotni auksionga qo‘ydi

Айни пайтда ушбу самолётлар «Манас» халқаро аэропорти ҳудудида жойлашган.

Kuchli yomg‘ir G‘azodagi “Al-Shifo” shifoxonasi va ko‘chirilganlar chodirlarini suv ostida qoldirdi

Табиий офат натижасида юзлаб чодирлар вайрон бўлган.

Zelenskiy Berlindagi muzokaralardan so‘ng “tinchlik rejasi” bo‘yicha keyingi qadamlarni ochiqladi

Бу учрашув келаси ҳафтанинг охирига қадар бўлиши мумкин.

Ukraina aholisining ko‘pchiligi Donbassni Rossiyaga berishni istamaydi hamda Zelenskiyga ishonadi — Kiyev xalqaro sosiologiya instituti

Институт томонидан ўтказилган сўровнома иштирокчиларининг 72 фоизи қуйидаги шартларни ўз ичига олган тинчлик режасига рози бўлиши мумкинлигини билдирган: урушни ҳозирги фронт чизиғида “музлатиб қўйиш” ва Украина учун хавфсизлик кафолатлари — аммо оккупация қилинган ҳудудларни расман Россияники деб тан олмасдан. 14 фоиз иштирокчи бундай режани ҳам рад этган.

AQShlik mashhur rejissyor Rob Rayner va uning rafiqasi uyida o‘lik holda topildi

АҚШлик машҳур кинорежиссёр Роб Райнер ва унинг турмуш ўртоғи Мишель Райнер Лос-Анжелесдаги ўз уйида ўлик ҳолда топилди.

Germaniya TIV rahbari Rossiyani «NATOga qarshi urushga tayyorgarlik ko‘rishda» aybladi

Германия ташқи ишлар вазири Йоханн Вадефуль Россияни «агрессив ва империалистик сиёсат» юритишда айблаб, Москва НАТОга қарши урушга тайёргарлик кўраётганини билдирди.

Kolumbiyada maktab avtobusi halokatga uchradi

Губернаторнинг сўзларига кўра, ўқувчилар якшанба куни кечқурун пляжда битирув маросимини нишонлаган.

Bekobodda IIB xodimi mashinada odam o‘ldirib qo‘yib, Sirdaryoga oqizib yuborgani aytilmoqda

Бекобод туманида ИИБ Жиноят қидируви бўлими ходими Nexia-3 автомашинасида 43 ёшли пиёдани уриб юбориб, унинг ўлимига сабаб бўлган.

Tramp Vashingtonda g‘alaba arkasi qurilishini e’lon qildi — CNN

АҚШ президентининг айтишича, арка Париждагига ўхшаш кўринишда, лекин ўлчамлари “бошқа аркаларни соясида қолдирадиган” даражада улкан бўлади.

Marokashdagi kuchli suv toshqinlari 37 kishining hayotiga zomin bo‘ldi

14-декабр куни Марокашнинг Сафӣ шаҳрида кучли ёмғирлар оқибатида сув тошқинлари юз берди.

Avstraliya hukumatlari qurol to‘g‘risidagi qonunlarni kuchaytirishni rejalashtirmoqda

Австралия бош вазири Энтони Албанезе Сиднейдаги Бонди-бич соҳилида содир этилган, 15 нафар инсон ҳалок бўлган ҳужумдан сўнг мамлакатда қурол тўғрисидаги қонунларни кучайтириш таклифи билан чиқди.

Los-Anjelesda Rob Rayner uyida ikki kishi o‘lik holda topildi

Лос-Анжелесда голливудлик актёр ва режиссёр Роб Райнерга тегишли уйда бир эркак ва бир аёл ўлик ҳолда топилди, деб хабар бермоқда маҳаллий оммавий ахборот воситалари.

Rossiya Belgiyaning Euroclear kompaniyasidan muzlatilgan aktivlar uchun qariyb 230 milliard dollar talab qilmoqda

Бу ҳақда ТАСС агентлиги хабар берди, деб ёзади «Европача правда».

Sidneydagi terrorchining qo‘lidan avtomatni tortib olgan erkakning ahvoli qanday?

Бироқ шундан сўнг террорчи кўприк томонга қочиб, бошқа қуролдан яна ўқ узишни давом эттирган.

Sidneydagi otishmada ravvin halok bo‘ldi

Полиция ҳужумнинг учинчи эҳтимолий иштирокчисини ҳибсга олди

G‘allaorol va Zafarobodda kelinlik sarpolari MIB tomonidan olib berildi

Аёллар ўзларига тегишли бўлган сарполарни собиқ турмуш ўртоқларининг уйларидан олиб кетишга уринганларида қаршиликка учраганлар.

Sidneydagi otishmani uyushtirganlardan biri pokistonlik muhojirmi?

Исроил ташқи ишлар вазири Гидеон Саар Сиднейдаги теракт сабаб чуқур қайғуда эканини билдирди

Sudanda armiyani qo‘llab ommaviy namoyishlar o‘tkazildi

Суданнинг бир нечта шаҳарларида минглаб одамлар армияни қўллаб кўчаларга чиқди. Бу намойишлар, давлат органлари чақирувига биноан, мамлакатдаги ҳарбий ҳаракатларни қўллаб-қувватлаш мақсадида ташкил этилди.

BMTdagi Falastinaning doimiy vakili: Isroil etnik tozalash va hujumlarni kuchaytirishni davom ettirmoqda

Исроил фаластин халқига нисбатан «ҳужумларнинг кучайиши»ни давом эттирмоқда. Бу жараёнга ишғол қилинган Ғарбий соҳил ҳамда Ғазо секторида ерларни босиб олиш, шунингдек «этник тозалаш» сиёсати ҳам киради.