Slovakiyada Rossiyaga qarshi rezolyusiyani qo‘llab-quvvatlamagan deputatga hujum uyushtirildi

Slovakiyada Rossiyaga qarshi rezolyusiyani qo‘llab-quvvatlamagan deputatga hujum uyushtirildi

Slovakiya Milliy partiyasi deputati, avvalroq Kiyevdagi bolalar shifoxonasiga Rossiya tomonidan uyushtirilgan zarbani qoralagan rezolyusiyani qo‘llab-quvvatlamagan Pavel Luptak hujumga uchradi. Bu haqda uning partiyadoshi Ivan Shevchik Facebook ijtimoiy tarmog‘ida gapirdi .

«Pavel Lyuptak shunchaki jismoniy hujumga uchradi, do‘stlar», deb yozadi siyosatchi.

Qayd etilganidek, ushbu voqea tufayli Luptakning juma kuni kechqurun saylovchilar bilan rejalashtirilgan uchrashuvi bekor qilindi. Sevchik ushbu voqea bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot berishga va’da berdi.

Avvalroq parlament yig‘ilishida «Progressiv Slovakiya» muxolifat partiyasi a’zosi Beata Yurik Rossiyaning Kiyevdagi tibbiyot muassasasiga zarba bergani haqidagi rezolyusiyani muhokama qilishni kun tartibiga kiritishni taklif qilgan edi. Biroq bu taklifni faqat 41 deputat qo‘llab-quvvatladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!